QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят268

ٱلشَّيْطَـٰنُ يَعِدُكُمُ ٱلْفَقْرَ وَيَأْمُرُكُم بِٱلْفَحْشَآءِ ۖ وَٱللَّهُ يَعِدُكُم مَّغْفِرَةً مِّنْهُ وَفَضْلًا ۗ وَٱللَّهُ وَٰسِعٌ عَلِيمٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Shayton sizga faqirlikni va'da qiladir va fahsh ishlarga buyuradir. Alloh sizga O`zidan mag`firat va fazlni va'da qiladir. Va Alloh keng qamrovli, biluvchi Zotdir.Шайтон сизга фақирликни ваъда қиладир ва фаҳш ишларга буюрадир. Аллоҳ сизга Ўзидан мағфират ва фазлни ваъда қиладир. Ва Аллоҳ кенг қамровли, билувчи Зотдир.Alauddin Mansour: Shayton sizlarni (agar infoq-ehson qilsangiz) kambagʻal boʻlib qolishingizdan qoʻrqitadi va fahsh ishlarga buyuradi. Alloh sizlarga oʻz tarafidan magʻfirat va fazlu karam (boylik) vaʼda qiladi. Alloh (fazlu karami) keng va bilguvchidir.Шайтон сизларни (агар инфоқ-эҳсон қилсангиз) камбағал бўлиб қолишингиздан қўрқитади ва фаҳш ишларга буюради. Аллоҳ сизларга ўз тарафидан мағфират ва фазлу карам (бойлик) ваъда қилади. Аллоҳ (фазлу карами) кенг ва билгувчидир.

45-sahifa · 3-juz · 5-hizb45-саҳифа · 3-жуз · 5-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ٱلشَّيْطَـٰنُshaytonшайтонيَعِدُكُمُsizga vaʼda qiladiсизга ваъда қиладиٱلْفَقْرَfaqirlikniфақирликниوَيَأْمُرُكُمva sizni buyuradiва сизни буюрадиبِٱلْفَحْشَآءِ ۖfahsh ishlargaфаҳш ишларгаوَٱللَّهُva Allohва Аллоҳيَعِدُكُمsizga vaʼda qiladiсизга ваъда қиладиمَّغْفِرَةًۭmagʻfiratniмағфиратниمِّنْهُOʻzidanЎзиданوَفَضْلًۭا ۗva fazlniва фазлниوَٱللَّهُva Allohва Аллоҳوَٰسِعٌkeng qamrovliкенг қамровлиعَلِيمٌۭbiluvchi zotdirбилувчи зотдир
TafsirТафсир

Shayton bandalarni molingdan sadaqa qilsang, faqir–kambagʻal boʻlib qolasan, deb qoʻrqitadi. Ham u kishilarni fahshga–yomon, gunoh ishlarga, qizgʻanchiqlikka, baxillik va molu dunyoga oʻch boʻlishga buyuradi. Shaytonning gapiga kirganlar faqirlikdan qoʻrqib baxil boʻlib, Allohning yoʻlida sadaqa qilmay yuraveradilar.

«Alloh sizga Oʻzidan magʻfirat va fazlini vaʼda qiladir.»

Kim Allohning yoʻlida sadaqa qilsa, Uning gunohlarini magʻfirat qiladi va buning ustiga, Oʻzidan fazl ham beradi.

«Va Alloh keng qamrovli, biluvchi zotdir.»

Keng qamrovligi tufayli bandalariga ham keng rizqlar beradi. Oʻzining yoʻlida sadaqa qilganlarning rizqini yana ham keng qilib qoʻyadi. Biluvchilik sifati bilan, kim sadaqa qilyapti va kim qilmayapti–hammasini biladi.

Hamda u Alloh: