وَمَآ أَنفَقْتُم مِّن نَّفَقَةٍ أَوْ نَذَرْتُم مِّن نَّذْرٍ فَإِنَّ ٱللَّهَ يَعْلَمُهُۥ ۗ وَمَا لِلظَّـٰلِمِينَ مِنْ أَنصَارٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Qilgan nafaqangizni yoki nazringizni Alloh albatta biladir. Zolimlarga yordamchilar yo`qdir.Қилган нафақангизни ёки назрингизни Аллоҳ албатта биладир. Золимларга ёрдамчилар йўқдир.Alauddin Mansour: Infoq qilgan har bir nafaqangiz va nazr qilgan har bir nazringizni shubhasiz, Alloh biladi. Va (infoq-ehson qilmaydigan) zolimlar uchun hech qanday yordamchi yoʻqdir.Инфоқ қилган ҳар бир нафақангиз ва назр қилган ҳар бир назрингизни шубҳасиз, Аллоҳ билади. Ва (инфоқ-эҳсон қилмайдиган) золимлар учун ҳеч қандай ёрдамчи йўқдир.
Moʻmin kishi Alloh taolo uning har bir harakati va sakanotini koʻrib turishiga albatta iymoni komil. Nafaqa yoki nazrini Alloh bilishini taʼkidlagani esa, ushbu savobli ishga moʻmin kishini qiziqtirish uchundir. Nafaqa umumiy mol sarflashni anglatib, zakot, sadaqai fitr yoki oʻz ixtiyori bilan qilingan xayru ehsonlarni ham oʻz ichiga oladi. Nazr esa, bir munosabat bilan banda oʻziga vojib qilib olgan moliyaviy majburiyat boʻlib, uning miqdorini nazr qiluvchining oʻzi tayinlaydi. Nazr faqat Alloh uchun ataladi. Allohdan boshqa hech kimga atash mumkin emas. Demak, qilingan nafaqa va nazrlarni Alloh taolo Oʻzi bilib turadi va ularni qiluvchilarga Oʻzi bilib mukofotlar beradi. Bunday yaxshilik ishlarni qilmaydiganlar esa, zolimlar hisoblanadilar.
«Zolimlarga yordamchilar yoʻqdir.»
Kelasi oyatda sadaqani maxfiy yoki oshkora qilish haqida soʻz ketadi: