QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят271

إِن تُبْدُوا۟ ٱلصَّدَقَـٰتِ فَنِعِمَّا هِىَ ۖ وَإِن تُخْفُوهَا وَتُؤْتُوهَا ٱلْفُقَرَآءَ فَهُوَ خَيْرٌ لَّكُمْ ۚ وَيُكَفِّرُ عَنكُم مِّن سَيِّـَٔاتِكُمْ ۗ وَٱللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ خَبِيرٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sadaqani oshkora qilsangiz, qandoq ham yaxshi. Agar maxfiy qilsangiz va faqirlarga bersangiz, bu siz uchun yaxshidir. Sizdan gunohlaringizni yuvadir. Va Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardordir.Садақани ошкора қилсангиз, қандоқ ҳам яхши. Агар махфий қилсангиз ва фақирларга берсангиз, бу сиз учун яхшидир. Сиздан гуноҳларингизни ювадир. Ва Аллоҳ қилаётган амалларингиздан хабардордир.Alauddin Mansour: Agar sadaqalarni oshkora holda bersangiz, juda yaxshi. Va agar maxfiy qilib, faqir-kambagʻallarga bersangiz — bu oʻzingiz uchun yanada yaxshiroqdir. Va qilgan gunohlaringizga kafforat boʻladi. Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardordir.Агар садақаларни ошкора ҳолда берсангиз, жуда яхши. Ва агар махфий қилиб, фақир-камбағалларга берсангиз — бу ўзингиз учун янада яхшироқдир. Ва қилган гуноҳларингизга каффорат бўлади. Аллоҳ қилаётган амалларингиздан хабардордир.

46-sahifa · 3-juz · 5-hizb46-саҳифа · 3-жуз · 5-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنagarагарتُبْدُوا۟oshkora qilsangizошкора қилсангизٱلصَّدَقَـٰتِsadaqalarniсадақаларниفَنِعِمَّاbas, qandoq ham yaxshiбас, қандоқ ҳам яхшиهِىَ ۖuуوَإِنva agarва агарتُخْفُوهَاuni maxfiy qilsangizуни махфий қилсангизوَتُؤْتُوهَاva uni bersangizва уни берсангизٱلْفُقَرَآءَfaqirlargaфақирларгаفَهُوَbas, buбас, буخَيْرٌۭyaxshidirяхшидирلَّكُمْ ۚsiz uchunсиз учунوَيُكَفِّرُva yuvadiва ювадиعَنكُمsizdanсизданمِّن-dan (baʼzi)-дан (баъзи)سَيِّـَٔاتِكُمْ ۗgunohlaringizniгуноҳларингизниوَٱللَّهُva Allohва Аллоҳبِمَاnarsadanнарсаданتَعْمَلُونَqilayotgan amallaringizқилаётган амалларингизخَبِيرٌۭxabardordirхабардордир
TafsirТафсир

Ushbu oyati karimada sadaqani oshkora qilish ham, maxfiy qilish ham maqtalmoqda. Bu haqdagi boshqa oyat va sharʼiy dalillarni jamlab oʻrganib chiqqan ulamolarimiz xulosa qilib aytadilarki, sadaqa farz boʻlsa, uni oshkora qilish yaxshi, chunki bu holda Allohning amriga toat oshkora koʻrinadi va haqdor boʻlmagan kishilarga ham mazkur sadaqadan tushib qolishi mumkinligi oldi olinadi. Agar sadaqa ixtiyoriy boʻlsa, uni maxfiy qilingani yaxshi. Riyodan va manmanlikdan uzoqda boʻlinadi. Oyati karimada:

«Sadaqani oshkora qilsangiz, qandoq ham yaxshi», deyilganida farz sadaqalar koʻzda tutilgan.

«Agar maxfiy qilsangiz», deyilganida ixtiyoriy sadaqalar koʻzda tutilgan.

«... va faqirlarga bersangiz, bu siz uchun yaxshidir.»

Yaʼni, sadaqaning eng haqdori kambagʻal-faqir kishilardir. Islomda sadaqaning joriy qilinishi ham oʻsha toifaning himoyasi va yordami uchun boʻlgan.

Sadaqa qilish xoh oshkora boʻlsin, xoh maxfiy boʻlsin, doimo oʻz egasiga foyda keltiradi, uning gunohlari yuvilishiga sabab boʻladi:

«Sizdan gunohlaringizni yuvadir».

Bu vaʼda, oʻz navbatida, kishilarning qalbini larzaga soladi, taqvo hissini orttiradi.

«Va Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardordir.»

Har bir amalingizga oʻziga yarasha mukofot yoki jazo beradi.

Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan ushbu oyati karimaning tafsirida qilingan rivoyatda u kishi aytadilarki:

«Alloh taolo ixtiyoriy sadaqada maxfiylikni joriy qilgan. Bu borada maxfiysi oshkorasidan yetmish marta koʻp savobga ega boʻladi. Farz sadaqaning oshkorasini maxfiysidan yigirma besh marta afzal qilgan».

Maʼlumki, odamning topgan mol-mulkidan oʻz ixtiyori bilan boshqa kishilarga sadaqa qilishi oson emas. Buning uchun doimiy ravishda targʻibot olib borib, odamlar qalbidagi baxillik, molga boʻlgan hirs hislarini yoʻqotish kerak boʻladi. Ikkinchidan, saxiylik darajasiga yetganlarida riyokorlikni yoʻqotish uchun harakat qilmoq lozim boʻladi. Hayotiy tajribada ham mol sarflashni yoʻlga qoʻyishdan koʻra, riyodan qochishni yoʻlga qoʻyish qiyin ekanligi koʻrilgan. Kishilarda qilgan sadaqasini, yaxshiligini odamlar bilishini xohlash tabiati kuchli.

Shuning uchun ham, Alloh taolo kalomining davomida bevosita Paygʻambar alayhissalomga xitob qilib, bu boradagi haqiqatlarning aslini bildiradi: