QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят272

۞ لَّيْسَ عَلَيْكَ هُدَىٰهُمْ وَلَـٰكِنَّ ٱللَّهَ يَهْدِى مَن يَشَآءُ ۗ وَمَا تُنفِقُوا۟ مِنْ خَيْرٍ فَلِأَنفُسِكُمْ ۚ وَمَا تُنفِقُونَ إِلَّا ٱبْتِغَآءَ وَجْهِ ٱللَّهِ ۚ وَمَا تُنفِقُوا۟ مِنْ خَيْرٍ يُوَفَّ إِلَيْكُمْ وَأَنتُمْ لَا تُظْلَمُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ularni hidoyatga solish sening zimmangda emas. Lekin Alloh kimni xohlasa, hidoyatga boshlar. Nafaqa qilgan yaxshiliklaringiz o`z foydangizga. Qilgan nafaqangiz faqat Allohning yuzini istash uchundir. Nafaqa qilgan yaxshiliklaringiz o`zingizga to`laligicha qaytarilur. Sizlarga zulm qilinmas.Уларни ҳидоятга солиш сенинг зиммангда эмас. Лекин Аллоҳ кимни хоҳласа, ҳидоятга бошлар. Нафақа қилган яхшиликларингиз ўз фойдангизга. Қилган нафақангиз фақат Аллоҳнинг юзини исташ учундир. Нафақа қилган яхшиликларингиз ўзингизга тўлалигича қайтарилур. Сизларга зулм қилинмас.Alauddin Mansour: Ularni hidoyat qilish Sizning zimmangizda emas (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom). Balki Alloh Oʻzi istagan kishilarni hidoyat qiladi. Qanday yaxshilik (mol) infoq-ehson qilsangizlar, bas, oʻzingiz uchundir. Faqat Alloh yuzini istab yaxshilik infoq-ehson qilingiz! Qilgan har bir yaxshiligingiz sizlarga zulm qilinmagan holida oʻzingizga toʻla-toʻkis qaytariladi.Уларни ҳидоят қилиш Сизнинг зиммангизда эмас (Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом). Балки Аллоҳ Ўзи истаган кишиларни ҳидоят қилади. Қандай яхшилик (мол) инфоқ-эҳсон қилсангизлар, бас, ўзингиз учундир. Фақат Аллоҳ юзини истаб яхшилик инфоқ-эҳсон қилингиз! Қилган ҳар бир яхшилигингиз сизларга зулм қилинмаган ҳолида ўзингизга тўла-тўкис қайтарилади.

46-sahifa · 3-juz · 5-hizb46-саҳифа · 3-жуз · 5-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
۞ لَّيْسَemasэмасعَلَيْكَsening zimmangdaсенинг зиммангдаهُدَىٰهُمْularni hidoyatga solishуларни ҳидоятга солишوَلَـٰكِنَّlekinлекинٱللَّهَAllohАллоҳيَهْدِىhidoyatga boshlarҳидоятга бошларمَنkimniкимниيَشَآءُ ۗxohlasaхоҳласаوَمَاva nimaва нимаتُنفِقُوا۟nafaqa qilsangizнафақа қилсангизمِنْ-dan-данخَيْرٍۢyaxshilikяхшиликفَلِأَنفُسِكُمْ ۚbas, oʻz foydangizgaбас, ўз фойдангизгаوَمَاva emasва эмасتُنفِقُونَnafaqa qilasizнафақа қиласизإِلَّاfaqatфақатٱبْتِغَآءَistash uchunисташ учунوَجْهِyuziniюзиниٱللَّهِ ۚAllohningАллоҳнингوَمَاva nimaва нимаتُنفِقُوا۟nafaqa qilsangizнафақа қилсангизمِنْ-dan-данخَيْرٍۢyaxshilikяхшиликيُوَفَّtoʻlaligicha qaytarilurтўлалигича қайтарилурإِلَيْكُمْoʻzingizgaўзингизгаوَأَنتُمْva sizlarва сизларلَاemasэмасتُظْلَمُونَzulm qilinmassizзулм қилинмассиз
TafsirТафсир

Inson qalbiga bogʻliq ish nihoyatda murakkab va nozikdir. Inson qalbiga hech kim egalik qila olmaydi. Faqatgina olamlarning va qalblarning Robbi Alloh taoloning Oʻzigina egalik qiladi. Bu borada hatto Paygʻambar alayhissolatu vassalom ham aralasha olmasliklari ushbu oyati karimada eslatib oʻtilmoqda:

«Ularni hidoyatga solish sening zimmangda emas».

Shuning uchun, daʼvatingga quloq solishmasa, nafaqa qilishga harakat qilishmasa, siqilma, hijolat boʻlma, achchigʻing chiqmasin.

«Lekin Alloh kimni xohlasa, hidoyatga boshlar.»

Bunday ishlar Alloh taoloning xohishiga bogʻliq ishlardir. Alloh kimni xohlasa, oʻshani hidoyatga boshlaydi. Kimni xohlasa, oʻshani nafaqa qilishga, xayru ehsonga boshlaydi. Bu narsalar Allohning ixtiyorisiz boʻlmaydi.

«Nafaqa qilgan yaxshiliklaringiz oʻz foydangizga.»

Sirtdan qaraganda, nafaqa qilgan kishi nafaqa olgan odamga foyda yetkazganga oʻxshaydi. Aslida esa, hamma foyda nafaqa qiluvchiga boʻladi. U, avvalo, Allohning amrini amalga oshiradi, ikkinchidan, koʻpdan-koʻp savobga ega boʻladi, oxiratda jannatga kiradi. Bu dunyoda odamlarning muhabbatiga, ehtiromiga sazovor boʻladi, rizqi keng boʻladi. Yana boshqa koʻpgina foydalar borki, ularni Allohning Oʻzi biladi.

Paygʻambarimiz Muhammad alayhissolatu vassalomdan rivoyat qilingan hadislardan birida: sadaqa balolarni rad qiladi va umrni ziyoda qiladi, deyilgan.

«Qilgan nafaqangiz faqat Allohning yuzini istash uchundir.»

Bu ish faqat moʻmin kishiga xos ishdir. Faqat moʻmin kishigina Allohning yuzi, roziligi uchun xayr-ehson qiladi. Boshqalar riyo uchun, pora uchun, baʼzi bir kishilarning roziligi uchun va yana boshqa shunga oʻxshash gʻarazlar uchun nafaqa qiladilar.

«Nafaqa qilgan yaxshiliklaringiz oʻzingizga toʻlaligicha qaytarilur. Sizlarga zulm qilinmas.»

Qancha nafaqa qilgan boʻlsangiz, hammasining savobini toʻla olasiz. Baʼzisini kamaytirib sizlarga zulm qilinmaydi.

Ibn Abi Hotim qilgan rivoyatda hazrati Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu :

«Paygʻambar alayhissolatu vassalom avvallari ahli Islomdan boshqaga nafaqa qilmaslikka buyurar edilar. «Ularni hidoyatga boshlash sening zimmangda emas. Lekin Alloh kimni xohlasa, hidoyatga boshlaydi», oyati nozil boʻlgandan keyin hammaga ham sadaqa qilaverishlikka buyurdilar», deganlar.

Musulmonmas kishilarga qilinadigan sadaqa ixtiyoriy sadaqalardan boʻladi. Farz sadaqalar esa, faqat musulmon kishilarga beriladi.

Ushbudan maʼlum boʻladiki, Islom diniy erkinlikni eʼtirof etibgina qolmay, balki boshqa dindagi kishilarga yaxshilik qilishga, moliyaviy yordam berishga ham musulmonlarni qiziqtiradi.

Kelasi oyatda sadaqaga haqdor toifalardan baʼzilari alohida taʼkidlab oʻtiladi: