QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят273

لِلْفُقَرَآءِ ٱلَّذِينَ أُحْصِرُوا۟ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ لَا يَسْتَطِيعُونَ ضَرْبًا فِى ٱلْأَرْضِ يَحْسَبُهُمُ ٱلْجَاهِلُ أَغْنِيَآءَ مِنَ ٱلتَّعَفُّفِ تَعْرِفُهُم بِسِيمَـٰهُمْ لَا يَسْـَٔلُونَ ٱلنَّاسَ إِلْحَافًا ۗ وَمَا تُنفِقُوا۟ مِنْ خَيْرٍ فَإِنَّ ٱللَّهَ بِهِۦ عَلِيمٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: (Sadaqa va xayru ehsonlar) Allohning yo`lida tutilgan, yer yuzida kasb qilishga qodir bo`lmagan, iffatlari tufayli bilmagan kishi ularni boy deb o`ylaydigan faqirlargadir. Ularni siymolaridan taniysan, odamlardan xiralik qilib so`ramaslar. Nafaqa qilgan yaxshiliklaringizni Alloh albatta bilguvchidir.(Садақа ва хайру эҳсонлар) Аллоҳнинг йўлида тутилган, ер юзида касб қилишга қодир бўлмаган, иффатлари туфайли билмаган киши уларни бой деб ўйлайдиган фақирларгадир. Уларни сиймоларидан танийсан, одамлардан хиралик қилиб сўрамаслар. Нафақа қилган яхшиликларингизни Аллоҳ албатта билгувчидир.Alauddin Mansour: (Sadaqot-ehsonlar) Allohning yoʻlida toʻsilgan (yaʼni, oʻzlarini ushlagan), biror Yerga safar qilishga qodir boʻlmaydigan, qanoatlari sababli, bilmagan odamga boy-badavlat boʻlib koʻrinadigan faqir-kambagʻallar uchundir. Ularning faqirliklarini siymolaridan bilib olasiz. Ular tilanib turib olmaydilar, qanday yaxshilik qilsangiz, bas, albatta Alloh uni bilguvchidir.(Садақот-эҳсонлар) Аллоҳнинг йўлида тўсилган (яъни, ўзларини ушлаган), бирор Ерга сафар қилишга қодир бўлмайдиган, қаноатлари сабабли, билмаган одамга бой-бадавлат бўлиб кўринадиган фақир-камбағаллар учундир. Уларнинг фақирликларини сиймоларидан билиб оласиз. Улар тиланиб туриб олмайдилар, қандай яхшилик қилсангиз, бас, албатта Аллоҳ уни билгувчидир.

46-sahifa · 3-juz · 5-hizb46-саҳифа · 3-жуз · 5-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
لِلْفُقَرَآءِfaqirlargadirфақирларгадирٱلَّذِينَularуларأُحْصِرُوا۟tutilganтутилганفِى-da-даسَبِيلِyoʻlidaйўлидаٱللَّهِAllohningАллоҳнингلَاemasэмасيَسْتَطِيعُونَqodir boʻlmaslarқодир бўлмасларضَرْبًۭاkasb qilishga (yurishga)касб қилишга (юришга)فِى-da-даٱلْأَرْضِyer yuziер юзиيَحْسَبُهُمُularni oʻylaydiуларни ўйлайдиٱلْجَاهِلُbilmagan kishiбилмаган кишиأَغْنِيَآءَboy debбой дебمِنَ-dan (sababli)-дан (сабабли)ٱلتَّعَفُّفِiffatlariиффатлариتَعْرِفُهُمularni taniysanуларни танийсанبِسِيمَـٰهُمْsiymolaridanсиймолариданلَاemasэмасيَسْـَٔلُونَsoʻramaslarсўрамасларٱلنَّاسَodamlardanодамларданإِلْحَافًۭا ۗxiralik qilibхиралик қилибوَمَاva nimaва нимаتُنفِقُوا۟nafaqa qilsangizнафақа қилсангизمِنْ-dan-данخَيْرٍۢyaxshilikяхшиликفَإِنَّbas, albattaбас, албаттаٱللَّهَAllohАллоҳبِهِۦuniуниعَلِيمٌbilguvchidirбилгувчидир
TafsirТафсир

Bu oyati karima zikr qilgan toifadagi odamlar oʻzlarini Alloh yoʻlida jihod qilishga bagʻishlagan kishilardir. Ular nafslarini jihod uchun tutganlar, shu sababdan kasb qilishga ham imkonlari yoʻq. Ayni chogʻda, iffatlari, uyatlari kuchli boʻlganidan oʻzlarining hojatmand ekanliklarini yashirib yuradilar. Asl holni bilmagan odam ularni sirtlaridan koʻrib, boy deb oʻylaydi.

«(Sadaqa va xayru ehsonlar) Allohning yoʻlida tutilgan, yer yuzida kasb qilishga qodir boʻlmagan, iffatlari tufayli bilmagan kishi ularni boy deb oʻylaydigan faqirlargadir».

Nafaqani xuddi ana oʻshalarga qilish kerak. Ular oʻzlari asl hollarini berkitsalar, odamlardan xiralik bilan tilanmasalar, qanday qilib topamiz ularni?

«Ularni siymolaridan taniysan.»

Farosati bor, mulohazali kishilar, mazkur faqirlarni, agarchi ular hojatmandliklarini bildirmasdan, kishilar koʻziga boy boʻlib koʻrinib yursalar ham, tanib, haqiqatni bilib oladilar. Oʻzlarini iffatli tutganliklarining oʻzi nafaqani ularga maxfiy qilishga undaydi. Nafaqa beraman deb, bunday kishilarning his-tuygʻularini oyoqosti qilmaslik kerak. Nafaqa Alloh uchun qilinayotgan boʻlsa, maxfiy tarzda qilingani maʼqul.

«Nafaqa qilgan yaxshiliklaringizni Alloh albatta bilguvchidir».

Savobini ham Oʻzi bilib beraveradi. Shuning uchun, hammaga koʻrsatib, guvohlarni koʻpaytirib sadaqa qilishga hojat yoʻq. Siz ixlos bilan, Alloh taoloning yuzini koʻzlab sadaqa qilavering, u yogʻini Alloh taoloning Oʻzi biladi.

Zotan: