ٱلَّذِينَ يُنفِقُونَ أَمْوَٰلَهُم بِٱلَّيْلِ وَٱلنَّهَارِ سِرًّا وَعَلَانِيَةً فَلَهُمْ أَجْرُهُمْ عِندَ رَبِّهِمْ وَلَا خَوْفٌ عَلَيْهِمْ وَلَا هُمْ يَحْزَنُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kechasiyu kunduzi mollarini yashirin va oshkora nafaqa qiladiganlarning ajrlari Robbilari huzuridadir. Ularga xavf yo`q va ular xafa ham bo`lmaslar.Кечасию кундузи молларини яширин ва ошкора нафақа қиладиганларнинг ажрлари Роббилари ҳузуридадир. Уларга хавф йўқ ва улар хафа ҳам бўлмаслар.Alauddin Mansour: Mol-dunyolarini kechayu kunduz, yashirin va oshkora ehson qiladigan zotlar uchun Parvardigorlarining huzurida ulugʻ ajr bor. Ular uchun hech qanday xavfu xatar yoʻq va ular gʻamgin boʻlmaydilar.Мол-дунёларини кечаю кундуз, яширин ва ошкора эҳсон қиладиган зотлар учун Парвардигорларининг ҳузурида улуғ ажр бор. Улар учун ҳеч қандай хавфу хатар йўқ ва улар ғамгин бўлмайдилар.
«Kechasiyu kunduzi» deyishdan murod hamma vaqt nazarda tutilmoqda; «mollarini» degan soʻz zamirida esa, hamma turdagi mollar va hamma turdagi ehson qiluvchilarga ishora bor.
«Kechasiyu kunduzi mollarini nafaqa qiladiganlarning ajrlari Robbilari huzuridadir.»
Ularning ajrlari eng oliymaqom joyda–Robbilari huzurida ekanligi taʼkidlanmoqda. Bas, shundoq ekan, moʻmin-musulmonlar yuqorida vasf qilingan kishilardan boʻlish uchun harakat qilmoqlari lozim. Chunki:
«Ularga xavf yoʻq va ular xafa ham boʻlmaslar».
Ha, bunday kishilarga oxiratda xavf yoʻq va bu dunyoda qilgan ishlariga xafa ham boʻlmaydilar.
Islom tuzumi, avvalo, ishga qodir har bir insonning osonlik bilan halol rizq topishini taʼminlaydi. Lekin inson hayoti doimo birdek kechavermaydi, turli favqulodda holatlar, kutilmagan hodisalar oqibatida baʼzi kishilar noqulay iqtisodiy holatga tushib qoladilar. Bunday holatlar sadaqa, xayr-ehson yoʻli bilan muolaja qilinadi. Oʻta boy kishilardan maʼlum miqdordagi molu mulk zakot sifatida farz hukmi ila olinib, haqdorlarga tarqatiladi.
Soʻngra, hamma qodir boʻlgan kishilarni ixtiyoriy sadaqa qilishga targʻib qilinadi.
Shu bilan birga, muhtojlarni ham odob doirasidan chiqmaslik, yuqoridagi oyatda aytilganidek, xiralik bilan odamlardan tilanchilik qilmasdan iffatli-qanoatli boʻlishga chaqiriladi.
Imom Buxoriy rahmatullohi alayhi qilgan rivoyatda Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadilarki: Paygʻambar alayhissolatu vassalom: «Bir - ikki xurmo yoki bir-ikki luqmani olib qaytadigan miskin emas, iffatli boʻlib turgan miskindir, xohlasangiz, «Odamlardan xiralik bilan soʻramaydilar», oyatini oʻqing»,–dedilar.
Imom Ahmad ibn Hanbal roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisda Paygʻambarimiz alayhissolatu vassalom: «Kim oʻzida yetarli narsa boʻla turib odamlardan tilansa, qiyomat kuni tilanchiligi yuzida tirnalish boʻlib keladi», dedilar. Odamlar:
«Ey, Allohning Rasuli, yetarli narsa qancha?»–dedilar. U zoti bobarakot:
«Ellik dirham»,–dedilar.
Shundan kelib chiqib, yetarli narsasi bor odamga tilanchilik qilish harom, degan hukm chiqarilgan.
Sadaqa haqidagi oyatlar tushganidan keyin moliyaviy muomalalarning yana bir turi, sadaqaga qarama-qarshi turi–ribo (sudxoʻrlik) haqida soʻz ochiladi.
Ribo (sudxoʻrlik) bechoralarning nochorligidan foydalanib, ularning mehnati evaziga boylik orttirishdan iboratdir. Bir inson nochor boʻlib, ish yuritishga, oila tebratib, bola-chaqa boqishga sarmoyasi qolmay, puldor kishining oldiga hojatini aytib borsa, unga sadaqa yoki yaxshi qarz berishning oʻrniga sudxoʻrlik yuzasidan muomala qiladi. Yaʼni, men senga maʼlum muddatga maʼlum miqdor pul beraman, sen bu pulni buncha foizga koʻpaytirib berasan, deydi. Agar tayinlangan muddatdan kech qolsa, yana ustiga foiz qoʻshiladi va hokazo. Shunday qilib, bir toifa odamlar boshqalarning nochor holidan mehnatsiz boylik orttirish uchun foydalanadilar. Riboxoʻrlik bor jamiyatda nohaqlik, iqtisodiy zulm avjga chiqadi. Oqibatda mol-mulk bir guruh sudxoʻrlarning qoʻliga oʻtib qolib, jamiyat ularning xohishiga binoan yashashga majbur boʻladi.
Islom johiliyatdagi nomaʼqul ishlardan hech biriga qarshi riboga qarshi oʻt ochgandek, oʻt ochmagan. Qurʼoni Karimda bu haqda bir qancha oyatlar kelgan. Jumladan, hozir oʻrganiladigan oyatlarimiz ham: