QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят275

ٱلَّذِينَ يَأْكُلُونَ ٱلرِّبَوٰا۟ لَا يَقُومُونَ إِلَّا كَمَا يَقُومُ ٱلَّذِى يَتَخَبَّطُهُ ٱلشَّيْطَـٰنُ مِنَ ٱلْمَسِّ ۚ ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمْ قَالُوٓا۟ إِنَّمَا ٱلْبَيْعُ مِثْلُ ٱلرِّبَوٰا۟ ۗ وَأَحَلَّ ٱللَّهُ ٱلْبَيْعَ وَحَرَّمَ ٱلرِّبَوٰا۟ ۚ فَمَن جَآءَهُۥ مَوْعِظَةٌ مِّن رَّبِّهِۦ فَٱنتَهَىٰ فَلَهُۥ مَا سَلَفَ وَأَمْرُهُۥٓ إِلَى ٱللَّهِ ۖ وَمَنْ عَادَ فَأُو۟لَـٰٓئِكَ أَصْحَـٰبُ ٱلنَّارِ ۖ هُمْ فِيهَا خَـٰلِدُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Riboni yeydiganlar (qabrlaridan) faqat shayton urib, jinni bo`lgan kishidek dovdirab turarlar. Bunday bo`lishi ularning, tijorat ham riboga o`xshash-da, deganlari uchundir. Va holbuki, Alloh tijoratni halol, riboni harom qilgan. Kimki Robbidan mav'iza kelganda to`xtasa, avval o`tgani o`ziga va uning ishi Allohning O`ziga havola. Kimki, yana (riboga) qaytsa, ana o`shalar do`zax egalaridir. Ular unda abadiy qolurlar.Рибони ейдиганлар (қабрларидан) фақат шайтон уриб, жинни бўлган кишидек довдираб турарлар. Бундай бўлиши уларнинг, тижорат ҳам рибога ўхшаш-да, деганлари учундир. Ва ҳолбуки, Аллоҳ тижоратни ҳалол, рибони ҳаром қилган. Кимки Роббидан мавъиза келганда тўхтаса, аввал ўтгани ўзига ва унинг иши Аллоҳнинг Ўзига ҳавола. Кимки, яна (рибога) қайтса, ана ўшалар дўзах эгаларидир. Улар унда абадий қолурлар.Alauddin Mansour: Sudxoʻr boʻlgan kimsalar (Qiyomat Kunida qabrlaridan) turmaydilar, magar jin chalgan majnun kabi turadilar. Bunga sabab ularning: «Bayʼ (oldi-sotdi) ham sudxoʻrlikning oʻzi-ku?», deganlaridir. Holbuki, Alloh bayʼni halol, sudxoʻrlikni harom qilgan. Bas, kimga Parvardigoridan mavʼiza — nasihat yetgach (sudxoʻrlikdan) toʻxtasa, u holda avval oʻtgani oʻziga va uning ishi Allohga (topshiriladi). (Yaʼni, Alloh xohlasa afv qilar). Va kim (sudxoʻrlikka) qaytsa, oʻshalar jahannam egalaridir va unda abadiy qolajaklar.Судхўр бўлган кимсалар (Қиёмат Кунида қабрларидан) турмайдилар, магар жин чалган мажнун каби турадилар. Бунга сабаб уларнинг: «Байъ (олди-сотди) ҳам судхўрликнинг ўзи-ку?», деганларидир. Ҳолбуки, Аллоҳ байъни ҳалол, судхўрликни ҳаром қилган. Бас, кимга Парвардигоридан мавъиза — насиҳат етгач (судхўрликдан) тўхтаса, у ҳолда аввал ўтгани ўзига ва унинг иши Аллоҳга (топширилади). (Яъни, Аллоҳ хоҳласа афв қилар). Ва ким (судхўрликка) қайтса, ўшалар жаҳаннам эгаларидир ва унда абадий қолажаклар.

47-sahifa · 3-juz · 5-hizb47-саҳифа · 3-жуз · 5-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ٱلَّذِينَkimsalarкимсаларيَأْكُلُونَyeydiganейдиганٱلرِّبَوٰا۟riboniрибониلَاemasэмасيَقُومُونَturarlarтурарларإِلَّاfaqatфақатكَمَاxuddiхуддиيَقُومُturganidekтурганидекٱلَّذِىkishiningкишинингيَتَخَبَّطُهُuni dovdiratganуни довдиратганٱلشَّيْطَـٰنُshaytonшайтонمِنَ-dan-данٱلْمَسِّ ۚurib (jinni qilish)уриб (жинни қилиш)ذَٰلِكَbunday boʻlishiбундай бўлишиبِأَنَّهُمْularningуларнингقَالُوٓا۟deganlari uchundirдеганлари учундирإِنَّمَاfaqatфақатٱلْبَيْعُtijoratтижоратمِثْلُoʻxshashdirўхшашдирٱلرِّبَوٰا۟ ۗribogaрибогаوَأَحَلَّva halol qildiва ҳалол қилдиٱللَّهُAllohАллоҳٱلْبَيْعَtijoratniтижоратниوَحَرَّمَva harom qildiва ҳаром қилдиٱلرِّبَوٰا۟ ۚriboniрибониفَمَنbas, kimkiбас, кимкиجَآءَهُۥunga kelsaунга келсаمَوْعِظَةٌۭmavʼizaмавъизаمِّن-dan-данرَّبِّهِۦRobbiРоббиفَٱنتَهَىٰbas, toʻxtasaбас, тўхтасаفَلَهُۥbas, oʻzigaбас, ўзигаمَاnarsaнарсаسَلَفَavval oʻtganаввал ўтганوَأَمْرُهُۥٓva uning ishiва унинг ишиإِلَى-ga havola-га ҳаволаٱللَّهِ ۖAllohning OʻzigaАллоҳнинг Ўзигаوَمَنْva kimkiва кимкиعَادَyana qaytsaяна қайтсаفَأُو۟لَـٰٓئِكَbas, ana oʻshalarбас, ана ўшаларأَصْحَـٰبُegalaridirэгаларидирٱلنَّارِ ۖdoʻzaxдўзахهُمْularуларفِيهَاundaундаخَـٰلِدُونَabadiy qolurlarабадий қолурлар
TafsirТафсир

Bizning tilimizda «ribo» soʻzi sudxoʻrlik deb tarjima qilib kelingan. Yaxshiroq tushunish, maʼnoning Qurʼoni Karimdagiga yanada yaqinroq boʻlishi uchun aytish kerakki, arab tilida «ribo» soʻzi ziyoda boʻldi, koʻpaydi maʼnosini anglatadi. Shariatda esa, qarz beruvchi qarzdordan maʼlum vaqt muqobiliga asl mol ustiga oladigan ziyoda-ribodir. Ushbu tushuntirishdan keyin ribo soʻzini isteʼmol qilishga ijozat bergaysiz.

Riboning naqadar yomon narsa ekanini kishilar ongiga avvalboshdan yaxshilab oʻrnatish maqsadida, oyati karima sudxoʻrning qiyomatdagi holini bayon qilish bilan boshlanmoqda. Qiyomatdagi har bir odamning sirtqi holidan ishi qandoq ekani bilib olinadi.

Xuddi oʻsha kuni odamlar qabrlaridan turayotganlarida, sudxoʻrlar albatta oʻzlariga xos bir holatda turar ekanlar. Ularning qabrdan turishlarini koʻrganlar birov tanitmasa ham, anavilar sudxoʻrlar, der ekan. Ularning bu holini oyati karima quyidagicha vasf qiladi:

«Riboni yeydiganlar (qabrlaridan) faqat shayton urib, jinni boʻlgan kishidek dovdirab turarlar».

Yaʼni, ularning oʻzlarini tutishlari sogʻ-salomat, aqlli kishilar kabi boʻlmaydi.

Odatda, jin urib, aqldan ozgan kishilar tartibsiz va notoʻgʻri harakat qiladilar. Dovdirab, oʻzini har tarafga urib, uyat ishlarni ham qilaveradilar. Ana oʻsha holat sudxoʻrlarda ham boʻlar ekan.

Baʼzi tafsirchilarimiz sudxoʻrlarning bu holatlari faqat qiyomat kuniga bogʻliq emas, balki bu dunyoda ham shunday boʻladi, deganlar. Ularning bunday ayanchli holatga tushishlarining sababi kelgusi jumlada bayon qilinadi:

«Bunday boʻlishi ularning, tijorat ham riboga oʻxshash-da, deganlari uchundir».

Sudxoʻrlar «Ribo–halol», deb eʼtiqod qiladilar va uni tijoratga oʻxshatadilar. Tijoratda moliyaviy muomala ortidan foyda kelganidek, sudxoʻrlikda ham foyda keladi, deb oʻylaydilar. Boz ustiga, ularning: «Tijorat ham riboga oʻxshash-da» deyishlaridan, ribo aslida halol qilingan narsa, tijorat ham unga oʻxshab halol qilingan, degan maʼno kelib chiqmoqda. Vaholanki:

«Alloh tijoratni halol, riboni harom qilgan».

Chunki, tijoratda foyda koʻrishning ham, kuyib qolishning ham ehtimoli bor. Tijoratda insonning mehnati, mahorati, atrofdagi tabiiy holatlarning foyda koʻrish yoki zarar tortishga taʼsiri bor. Savdogar foyda koʻrishga umid qilgani bilan bir vaqtda kuyib qolishni ham boʻyniga olgan holda ish boshlaydi. Mehnat qilib odamlarga kerakli mollarni olib keladi, saqlaydi va boshqa xizmatlarni qiladi.

Sudxoʻr-chi? U hech narsa qilmay, joyida oʻtiradi. Nima boʻlishidan qatʼinazar, foyda olishi muqarrar. Kuyib qolish xavfi yoʻq.

Mazkur sabablarga va yana zikr qilinmagan boshqa sabablarga koʻra, tijorat inson hayotida qoʻllanishga halol, sudxoʻrlik esa harom qilingan.

Ushbu oyati karimalar tushayotgan paytda koʻp moliyaviy muomalalar ribo asosida yuritilar edi. Shuning uchun, ushbu oyati karimadan kelib chiqqan hukmdan avvalgi ishlar oʻz holicha qoldirildi. Aks holda, avvalgi iqtisodiy aloqalarning hammasini qayta koʻrib chiqishga toʻgʻri kelardi.

«Kimki Robbidan mavʼiza kelganda toʻxtasa, avval oʻtgani oʻziga va uning ishi Allohning Oʻziga havola».

Yaʼni, Alloh riboning hukmini bayon qilgandan keyin riboviy muomalalardan toʻxtasa, eski ishlari oʻziga, u muomalalarni qayta koʻrishga hojat yoʻq. Oʻtgan davrdagi muomalalari Allohga havola: xohlasa kechib yuboradi, xohlasa iqobiga oladi.

«Kimki yana (riboga) qaytsa, ana oʻshalar doʻzax egalaridir. Ular unda abadiy qolurlar.»

Riboning haromligi haqida Alloh tomonidan oyat kelganiga ham qaramay, kimki yana riboga qaytsa, unday odam, albatta, doʻzaxiy boʻladi, doʻzaxiy boʻlganda ham, undan hech qaytib chiqa olmay, abadiy qoladigan doʻzaxiy boʻladi.

Kelasi oyatda sudxoʻrlikning kasofati faqat oxiratdagina emas, balki bu dunyoda ham urishi eslatiladi: