QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят276

يَمْحَقُ ٱللَّهُ ٱلرِّبَوٰا۟ وَيُرْبِى ٱلصَّدَقَـٰتِ ۗ وَٱللَّهُ لَا يُحِبُّ كُلَّ كَفَّارٍ أَثِيمٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh riboni doimo nuqsonga uchratur va sadaqalarni ziyoda qilur. Va Alloh har bir kofir, gunohkorni xush ko`rmas.Аллоҳ рибони доимо нуқсонга учратур ва садақаларни зиёда қилур. Ва Аллоҳ ҳар бир кофир, гуноҳкорни хуш кўрмас.Alauddin Mansour: Alloh sudxoʻrlikning (foydasini) yoʻq qiladi va sadaqalarning (foydasini) ziyoda qiladi. Alloh har qanday (sudxoʻrlikni halol deb biladigan) koʻrnamakni va (sudxoʻrlik qiladigan) jinoyatchini sevmaydi.Аллоҳ судхўрликнинг (фойдасини) йўқ қилади ва садақаларнинг (фойдасини) зиёда қилади. Аллоҳ ҳар қандай (судхўрликни ҳалол деб биладиган) кўрнамакни ва (судхўрлик қиладиган) жиноятчини севмайди.

47-sahifa · 3-juz · 5-hizb47-саҳифа · 3-жуз · 5-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يَمْحَقُdoimo nuqsonga uchratadiдоимо нуқсонга учратадиٱللَّهُAllohАллоҳٱلرِّبَوٰا۟riboniрибониوَيُرْبِىva ziyoda qiladiва зиёда қиладиٱلصَّدَقَـٰتِ ۗsadaqalarniсадақаларниوَٱللَّهُva Allohва Аллоҳلَاemasэмасيُحِبُّxush koʻrarхуш кўрарكُلَّhar birҳар бирكَفَّارٍkofirniкофирниأَثِيمٍgunohkorniгуноҳкорни
TafsirТафсир

Bandalar pul-mollari ziyoda boʻlishi uchun riboxoʻrlik qilishadi va oʻzlariga kelgan foydani sanab yurishadi. Aslini olganda, ishi buning teskarisi boʻladi.Chunki:

«Alloh riboni doimo nuqsonga uchratur».

Sudxoʻrning puli hisob jihatidan koʻp boʻlsa ham, Alloh uning barakasini koʻtarib, yegani oʻziga yuqmaydigan qilib qoʻyadi. Sudxoʻrni turli kasalliklarga duchor qiladi, tinchligini, xotirjamligini oladi. Yana biz bilmaydigan koʻp balo-ofatlarga duchor qiladi.

Shuningdek, sirtdan qaraganda, sadaqa qilgan kishilarning moli kamayganga oʻxshaydi. Aslida esa, ish buning teskarisi boʻladi: Alloh

«sadaqalarni ziyoda qilur». Agar hisobda sadaqa qiluvchining moli hajmi oz boʻlsa ham, Alloh unga baraka ato qiladi, balo- ofatlardan saqlaydi, oʻzini tinch, xotirini jam qiladi.

Imom Ahmad ibn Hanbal rahmatullohi alayhi qilgan rivoyatda Paygʻambarimiz alayhissalom:

«Ribo garchi koʻpaysa ham, oqibati, albatta, ozayishga qaytadi», deganlar.

Imom Muslim va imom Termiziylar Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Paygʻambarimiz alayhissolatu vassalom:

«Kim halol kasbidan bir dona xurmo miqdoricha sadaqa qilsa, zotan Alloh haloldan boshqani qabul ham qilmaydi, albatta, Alloh uni oʻng qoʻli bilan qabul qiladi va sizlar toychoqni oʻstirganingizdek, oʻstirib, Uhud togʻicha qiladi», deganlar.

«Va Alloh har bir kofir, gunohkorni xush koʻrmas.»

Shundan koʻrinib turibdiki, riboxoʻr boʻlganlar kofir va gunohkor hisoblanar ekanlar.

Sudxoʻrlarning ushbu noxush holatlari muqobiliga kelasi oyatda moʻmin-musulmonlar va ularning yaxshi amallarining goʻzal manzarasi vasf qilinadi: