إِنَّ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّـٰلِحَـٰتِ وَأَقَامُوا۟ ٱلصَّلَوٰةَ وَءَاتَوُا۟ ٱلزَّكَوٰةَ لَهُمْ أَجْرُهُمْ عِندَ رَبِّهِمْ وَلَا خَوْفٌ عَلَيْهِمْ وَلَا هُمْ يَحْزَنُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, iymon keltirgan, yaxshi amallarni qilgan, namozni qoim qilib, zakot berganlarning ajrlari Robbilari huzuridadir. Ularga xavf yo`q va ular xafa ham bo`lmaslar.Албатта, иймон келтирган, яхши амалларни қилган, намозни қоим қилиб, закот берганларнинг ажрлари Роббилари ҳузуридадир. Уларга хавф йўқ ва улар хафа ҳам бўлмаслар.Alauddin Mansour: Albatta iymon keltirgan, yaxshi amallar qilgan va namozni toʻkis ado qilib, zakotni bergan zotlar uchun Parvardigorlari huzurida ajr bor. Ular uchun hech qanday xavf-xatar yoʻq va ular gʻamgin boʻlmaydilar.Албатта иймон келтирган, яхши амаллар қилган ва намозни тўкис адо қилиб, закотни берган зотлар учун Парвардигорлари ҳузурида ажр бор. Улар учун ҳеч қандай хавф-хатар йўқ ва улар ғамгин бўлмайдилар.
Haqiqiy iymon egasi boʻlgan kishilar doimo yaxshi amallarni qiladilar, xususan, namozni vaqtida yaxshilab ado etadilar. Iqtisodiy sohada esa, zakot beradilar. Riboxoʻrlar odamlarning peshona teri bilan topgan daromadlarini harom yoʻl bilan oʻzlashtirib olayotgan boʻlsalar, moʻminlar oʻzlari peshona teri bilan topgan halol mollaridan zakot chiqarib odamlarga shunday, yeb ketarga beradilar. Qaytarib olish yoki oʻrniga boshqa narsa olish umidlari ham yoʻq. Ularning birdan-bir umidlari:
«Albatta, iymon keltirgan, yaxshi amallarni qilgan, namozni qoim qilib, zakot berganlarning ajrlari Robbilari huzuridadir», degan vaʼdadadir. Ular ikki dunyoda eminlik va baxt-saodatda boʻlurlar. Chunki:
«Ularga xavf yoʻq va ular xafa ham boʻlmaslar».
Kelasi oyatlarda moʻminlarni riboni tark qilishga chaqirilib, oqibati eslatiladi: