يَـٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ ٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ وَذَرُوا۟ مَا بَقِىَ مِنَ ٱلرِّبَوٰٓا۟ إِن كُنتُم مُّؤْمِنِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey, iymon keltirganlar! Agar mo`min bo`lsangiz, Allohga taqvo qiling va riboning sarqitini ham tark qiling.Эй, иймон келтирганлар! Агар мўмин бўлсангиз, Аллоҳга тақво қилинг ва рибонинг сарқитини ҳам тарк қилинг.Alauddin Mansour: Ey moʻminlar, Allohdan qoʻrqingiz va agar chindan moʻmin boʻlsangizlar, sudxoʻrlik sarqitlarini tark qilingiz. (Yaʼni, odamlarga bergan qarzlaringizdan chiqadigan foydani olmangiz.)Эй мўминлар, Аллоҳдан қўрқингиз ва агар чиндан мўмин бўлсангизлар, судхўрлик сарқитларини тарк қилингиз. (Яъни, одамларга берган қарзларингиздан чиқадиган фойдани олмангиз.)
Ushbu oyatdan koʻrinib turibdiki, Alloh taolo ribodek noxush, harom narsani yoʻq qilishda, boshqa holatlarga oʻxshab, avvalo, musulmonlarning ruhiy-maʼnaviy tarbiyasiga alohida eʼtibor bergan.
Yana musulmonlar uchun mahbub boʻlgan
«Ey, iymon keltirganlar» degan xitob ishlatilmoqda. Ketidan:
«Agar moʻmin boʻlsangiz», deb yana iymonni oraga solmoqda va nihoyat,
«Allohga taqvo qiling», deb taqvodor boʻlishga chaqirmoqda. Oxiri kelib, riboning sarqitini ham tark qilishga amr etmoqda.
Islomda hukm yuritishning eng taʼsirchan yoʻli tashqi kuchlarni ishga solish emas, balki har bir odamning qalbini oʻziga kuzatuvchi qilib qoʻyishdir. Xudosiz tuzumlar mirshab, josus va askarlarni koʻpaytirish bilan hukmini yuritishga urinsalar, Islomda kishilarning qalblaridagi taqvodorlik his-tuygʻusini kuchaytirishga harakat qilinadi. Har bir kishining vijdoni oʻziga qorovul boʻladi.
Alloh taolo ushbu oyati karimada musulmonlarni riboning oʻzi u yoqda tursin, sarqitidan, qoldigʻidan ham qaytarmoqda. Bu maʼnoni alohida taʼkidlash uchun keyingi oyatda gapning poʻstkallasini ochiq-oydin aytib qoʻymoqda.