QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят279

فَإِن لَّمْ تَفْعَلُوا۟ فَأْذَنُوا۟ بِحَرْبٍ مِّنَ ٱللَّهِ وَرَسُولِهِۦ ۖ وَإِن تُبْتُمْ فَلَكُمْ رُءُوسُ أَمْوَٰلِكُمْ لَا تَظْلِمُونَ وَلَا تُظْلَمُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar undoq qilmasangiz, Alloh va Uning Rasuli tomonidan bo`ladigan urushga ishonavering. Agar tavba qilsangiz, sarmoyangiz o`zingizga, zulm qilmassiz va sizga ham zulm qilinmas.Агар ундоқ қилмасангиз, Аллоҳ ва Унинг Расули томонидан бўладиган урушга ишонаверинг. Агар тавба қилсангиз, сармоянгиз ўзингизга, зулм қилмассиз ва сизга ҳам зулм қилинмас.Alauddin Mansour: Endi agar (farmonimizni) qilmasangiz, u holda Alloh va paygʻambari tomonidan boʻlgan urushni bilib qoʻying! Agar tavba qilsangiz, dastmoyangiz oʻzingizga — zolim ham, mazlum ham boʻlmaysiz.Энди агар (фармонимизни) қилмасангиз, у ҳолда Аллоҳ ва пайғамбари томонидан бўлган урушни билиб қўйинг! Агар тавба қилсангиз, дастмоянгиз ўзингизга — золим ҳам, мазлум ҳам бўлмайсиз.

47-sahifa · 3-juz · 5-hizb47-саҳифа · 3-жуз · 5-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَإِنbas, agarбас, агарلَّمْemasэмасتَفْعَلُوا۟qilsangizқилсангизفَأْذَنُوا۟bas, bilib qoʻying (ishonavering)бас, билиб қўйинг (ишонаверинг)بِحَرْبٍۢurushgaурушгаمِّنَ-dan-данٱللَّهِAllohАллоҳوَرَسُولِهِۦ ۖva Uning Rasuliва Унинг Расулиوَإِنva agarва агарتُبْتُمْtavba qilsangizтавба қилсангизفَلَكُمْbas, sizgaбас, сизгаرُءُوسُsarmoyasi (asli)сармояси (асли)أَمْوَٰلِكُمْmollaringizningмолларингизнингلَاemasэмасتَظْلِمُونَzulm qilursizзулм қилурсизوَلَاva emasва эмасتُظْلَمُونَzulm qilinursizзулм қилинурсиз
TafsirТафсир

Yaʼni, agar iqtisodiy muomalalaringizda oʻrtadan riboni koʻtarib, uning sarqitlarini tark etmasangiz, Alloh va Uning Paygʻambari sizga qarshi qattiq urush ochadi. Agar tavba qilib, riboxoʻrlikdan qaytsangiz, sarmoyangizni olasiz, shunda siz sudxoʻrlik bilan birovga zulm qilmagan boʻlasiz va sizga ham zulm qilinmagan boʻladi.

Ibn Hibbon va boshqa hadis olimlari Zayd ibn Aslamdan rivoyat qilishlaricha, johiliyat davrida Bani Saqif va Bani al-Mugʻiyra qabilalari oʻrtasida ribo asosida muomala boʻlgan ekan. Islomga kirganlaridan soʻng Bani Saqif qabilasi Bani al-Mugʻiyradan ribo olmasliklarini iltimos qilibdi. Bani al-Mugʻiyra oʻzaro maslahatlashib, Islomda boʻlganimizdagi muomalalardan ribo olmaymiz, undan avvalgisidan olamiz, deyishibdi. Oʻsha paytda Makkai Mukarramada boshliq boʻlib turgan Itob ibn Usayd roziyallohu anhu bu haqda Paygʻambarimiz alayhissolatu vassalomga xat yozganlarida:

«Ey, iymon keltirganlar! Agar moʻmin boʻlsangiz, Allohga taqvo qiling va riboning sarqitini ham tark qiling. Agar unday qilmasangiz, Alloh va Uning Rasuli tomonidan boʻladigan urushga ishonavering...» oyatlari nozil boʻldi.

Paygʻambar alayhissolatu vassalom bu haqida Itob ibn Usayd roziyallohu anhuga xabar berdilar va u kishini Bani al-Mugʻiyra riboxoʻrlikni tark qilmasalar, ularga qarshi urush qilishga buyurdilar. Xabar yetganda, Bani al-Mugʻiyra: «Tavba qilamiz, riboning sarqitini tark etamiz»,–dedilar.

Paygʻambar alayhissolatu vassalom Makkai Mukarramani fath qilgan kunlaridagi xutbalarida johiliyatdagi barcha ribolarni bekor qilganliklarini, birinchi boʻlib amakilari Abbos ibn Abdulmuttolib roziyallohu anhuning ribolarini qarzdorlar boʻynidan tushirganliklarini eʼlon qildilar.

Demak, Islomda ribo asosida moliyaviy aloqa olib borish mutlaqo harom qilingan. Nochor holga tushib, turmush oʻtkazish yoki ish yuritish uchun sarmoyaga muhtoj boʻlib qolgan shaxs bilan xayri- ehson yoki yaxshi qarz berish ila moliyaviy aloqa olib borish lozim. Keyingi oyatda ana oʻsha aloqalardan biri–qarzga oid hukmlar bayoni keladi.