وَإِن كَانَ ذُو عُسْرَةٍ فَنَظِرَةٌ إِلَىٰ مَيْسَرَةٍ ۚ وَأَن تَصَدَّقُوا۟ خَيْرٌ لَّكُمْ ۖ إِن كُنتُمْ تَعْلَمُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar nochor bo`lsa, boyiguncha intizor qiling. Sadaqa qilmog`ingiz, gar bilsangiz, o`zingiz uchun yaxshidir.Агар ночор бўлса, бойигунча интизор қилинг. Садақа қилмоғингиз, гар билсангиз, ўзингиз учун яхшидир.Alauddin Mansour: Agar (qarzdor) nochor boʻlsa, boyiguncha kuting! Agar bilsangizlar (bergan qarzingizni) sadaqa qilib yuborishingiz oʻzingiz uchun yaxshiroqdir.Агар (қарздор) ночор бўлса, бойигунча кутинг! Агар билсангизлар (берган қарзингизни) садақа қилиб юборишингиз ўзингиз учун яхшироқдир.
Musulmonlik odobi, agar qarzdor nochor boʻlsa, qarz beruvchini sabr qilishga, qarzdorni qiyin-qistovga olmaslikka, u oʻzini oʻnglab olguncha kutib turishga chaqiradi.
«Agar nochor boʻlsa, boyiguncha intizor qiling.»
Yaʼni, agar qarzdor nochor boʻlib, sizdan olgan qarzini vaqtida toʻlay olmayotgan boʻlsa, u boyiguncha sabr ila kutib turing. Buni musulmon boʻlmagan odamlar tushunishi qiyin. Ayniqsa, moddaparastlarga bu ish musiybat boʻlib tuyuladi.
Islom esa, undan ham kattaroq odim tashlaydi. Qarz beruvchilarga:
«Sadaqa qilmogʻingiz, gar bilsangiz, oʻzingiz uchun yaxshidir», deb qarzning hammasini yoki baʼzisini kechib yuborishga targʻib qiladi.
Imom Tobaroniy Abu Umoma roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Paygʻambar alayhissolatu vassalom:
«Kimki Oʻzining soyasidan boshqa soya boʻlmagan kunda Alloh uni Oʻz soyasiga olishini xohlasa, nochorga yengillik tugʻdirsin yoki undan kechib yuborsin», deganlar.
Imom Buxoriy Abu Hurayra roziyallohu anhudan qilgan rivoyatda Paygʻambar alayhissalom:
«Odamlarga qarz beradigan bir savdogar bor edi. Agar nochor kishini koʻrsa, xizmatkorlariga undan kechib yuboringlar, shoyadki, Alloh bizdan ham kechib yuborsa, der edi. Alloh taolo undan kechdi», deganlar.