وَٱتَّقُوا۟ يَوْمًا تُرْجَعُونَ فِيهِ إِلَى ٱللَّهِ ۖ ثُمَّ تُوَفَّىٰ كُلُّ نَفْسٍ مَّا كَسَبَتْ وَهُمْ لَا يُظْلَمُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Allohga qaytariladigan kuningizdan qo`rqing. So`ngra, har bir jon qilganiga yarasha to`liq oladur. Ularga zulm qilinmas.Аллоҳга қайтариладиган кунингиздан қўрқинг. Сўнгра, ҳар бир жон қилганига яраша тўлиқ оладур. Уларга зулм қилинмас.Alauddin Mansour: Va (barchangiz) Allohga qaytariladigan kundan qoʻrqingiz! Soʻngra har bir jonga qilgan amali uchun toʻla jazo beriladi va hech kimga zulm qilinmaydi.Ва (барчангиз) Аллоҳга қайтариладиган кундан қўрқингиз! Сўнгра ҳар бир жонга қилган амали учун тўла жазо берилади ва ҳеч кимга зулм қилинмайди.
Bu oyatda yana bir bor taqvoga va qiyomat kunidan qoʻrqishga daʼvat qilinyapti. Albatta, qiyomat kunidan haqiqiy qoʻrqilgandagina yuqoridagi hukmlarga toʻliq amal etiladi. Chunki, u kunda har bir jonga qilganiga yarasha toʻliq jazo yoki mukofot beriladi. Hech kimga zulm qilinmaydi. Hech kimning qilgan amali kamaytirib yoki koʻpaytirib qoʻyilmaydi.
Qurʼon ilmlari bilan shugʻullangan ulamolar ushbu oyati karima Alloh tushirgan oyatlar ichida eng oxirgi oyat ekanligini bayon qilganlar. Ibn Jurayjning aytishlaricha, Paygʻambar alayhissalom ushbu oyati karima nozil boʻlgandan soʻng toʻqqiz kun yashaganlar, xolos.
Ammo, «Qurʼon ilmlari» nomli nozik ilmdan yetarli xabarlari boʻlmagan koʻpgina kishilar Qurʼoni Karimning oxirgi nozil boʻlgan oyati haqida gap ketganda noaniqlikka yoʻl qoʻyadilar. Ular vidolashuv haji paytida nozil boʻlgan «Bugungi kunda sizlarning diningizni mukammal qildim», deb boshlanuvchi oyati karimani Qurʼoni Karimning oxirgi nozil boʻlgan oyati, deydilar. Bu oyatdan keyin Paygʻambarimiz sakson bir kun yashaganlari aniq.
Kelgusi oyatlarda qarz oldi-berdisining hukmlari bayon qilinadi: