QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят3

ٱلَّذِينَ يُؤْمِنُونَ بِٱلْغَيْبِ وَيُقِيمُونَ ٱلصَّلَوٰةَ وَمِمَّا رَزَقْنَـٰهُمْ يُنفِقُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular g`aybga iymon keltirurlar, namozni to`kis o`qirlar va Biz ularga bergan rizqdan nafaqa qilurlar.Улар ғайбга иймон келтирурлар, намозни тўкис ўқирлар ва Биз уларга берган ризқдан нафақа қилурлар.Alauddin Mansour: Ular gʻoyibga ishonadigan, namozni toʻkis ado etadigan va biz rizq qilib bergan narsalardan infoq-ehson qiladigan zotlardir.Улар ғойибга ишонадиган, намозни тўкис адо этадиган ва биз ризқ қилиб берган нарсалардан инфоқ-эҳсон қиладиган зотлардир.

2-sahifa · 1-juz · 1-hizb2-саҳифа · 1-жуз · 1-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ٱلَّذِينَUlarУларيُؤْمِنُونَiymon keltirurlarиймон келтирурларبِٱلْغَيْبِgʻaybgaғайбгаوَيُقِيمُونَva oʻqirlarва ўқирларٱلصَّلَوٰةَnamozniнамозниوَمِمَّاva -danва -данرَزَقْنَـٰهُمْBiz ularga bergan rizqБиз уларга берган ризқيُنفِقُونَnafaqa qilurlarнафақа қилурлар
TafsirТафсир

Ushbu oyatda Qurʼon hidoyatidan bahramand boʻla oladigan taqvodorlarning sifatlaridan uchtasi sanalgan:

Birinchisi–«gʻaybga iymon keltirurlar».

Abul Oliya gʻaybga iymon keltirishning tafsirida: «Allohga, Uning farishtalariga, kitoblariga, Paygʻambarlariga, qiyomat kuniga, jannatiga, doʻzaxiga, muloqotiga, oʻlimdan keyingi hayotga va qayta tirilishga ishonishdir», degan ekanlar.

Imom al-Hokim Amr ibn Shuaybdan rivoyat qiladilarki, bir kuni Paygʻambarimiz alayhissalom sahobai kiromlariga:

«Sizningcha kimning iymoni ajoyib?»–dedilar. Sahobalar:

«Farishtalarniki»,–dedilar. U zot:

«Ular Robbilarining oldida turib, iymon keltirmasalar, qanday boʻladi?»–dedilar. Sahobalar:

«Paygʻambarlarniki»,–dedilar. Paygʻambar alayhissalom:

«Ularga vahiy tushib turib, iymonga kelmasalar, qanday boʻladi?»–dedilar. Sahobalar:

«Bizniki»,–dedilar. U zoti bobarakot:

«Men oralaringizda turib, iymon keltirmasalaringiz, qanday boʻladi?»–deb turib, soʻngra oʻzlari javob qildilar:

«Men uchun xaloyiqning ichida iymoni ajoyibi sizlardan keyin sahifalardagi kitobga iymon keltirgan qavmlardir»,–dedilar.

Haqiqatan, gʻaybga iymon keltirish bilan inson hayvondan ajrab turadi. Chunki, his qilish aʼzolari yordamida ularga moddiy taʼsir etuvchi narsalarni idrok qilish bilan ishonish hayvonlarda ham bor. Faybga iymon keltirish tufayli inson oʻzini oʻrab turgan hissiy dunyodan cheksiz ufqli, keng olamga chiqadi.

Ikkinchisi–«namozni toʻkis oʻqirlar».

Yaʼni, Allohga ibodat qiladilar. Bandaga qul boʻlishdan ozod boʻlib, bandalarning Parvardigoriga qul boʻladilar. Namoz orqali banda Alloh taologa bogʻlanadi. Hayotida yerga qapishib yurishdan yuqori narsani topadi. Shuningdek, boshqa ulkan yaxshiliklarga erishadi.

Uchinchisi–«Biz ularga bergan rizqdan nafaqa qilurlar».

Taqvodor moʻmin-musulmon odamning eʼtiqodi boʻyicha, uning qoʻlidagi mol-dunyo Alloh bergan rizq, oʻzi yaratgan narsa emas. Shuning uchun ham, taqvodor inson Alloh bergan rizqdan oʻzining zaifhol, muhtoj birodarlariga sadaqa qiladi. «Sadaqa» soʻzining tasdiq maʼnosi bor, mol-dunyosini sarflab sadaqa qilishda eʼtiqoddagi maʼnoning, yaʼni, yaxshilik qilish maʼnosining tasdiqi bor. «Nafaqa» esa, umumiy soʻz boʻlib, zakot, xayri-ehson, sadaqa kabi maʼnolarni anglatadi.