QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят4

وَٱلَّذِينَ يُؤْمِنُونَ بِمَآ أُنزِلَ إِلَيْكَ وَمَآ أُنزِلَ مِن قَبْلِكَ وَبِٱلْـَٔاخِرَةِ هُمْ يُوقِنُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va ular senga va sendan oldin nozil qilingan narsaga iymon keltirarlar va oxiratga aniq ishonarlar.Ва улар сенга ва сендан олдин нозил қилинган нарсага иймон келтирарлар ва охиратга аниқ ишонарлар.Alauddin Mansour: Ular sizga nozil qilingan va sizdan ilgari tushirilgan narsalarga (dinlarga) iymon keltiradilar va Oxirat kuniga aniq ishonadilar.Улар сизга нозил қилинган ва сиздан илгари туширилган нарсаларга (динларга) иймон келтирадилар ва Охират кунига аниқ ишонадилар.

2-sahifa · 1-juz · 1-hizb2-саҳифа · 1-жуз · 1-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَٱلَّذِينَva ularва уларيُؤْمِنُونَiymon keltirurlarиймон келтирурларبِمَآnarsagaнарсагаأُنزِلَnozil qilinganнозил қилинганإِلَيْكَsengaсенгаوَمَآva narsagaва нарсагаأُنزِلَnozil qilinganнозил қилинганمِن-dan-данقَبْلِكَsendan oldinсендан олдинوَبِٱلْـَٔاخِرَةِva oxiratgaва охиратгаهُمْularуларيُوقِنُونَaniq ishonurlarаниқ ишонурлар
TafsirТафсир

Demak, taqvodorlarga oid navbatdagi toʻrtinchi sifat–Muhammad alayhissalomga nozil qilingan Qurʼoni Karimga va u kishidan oldin tushirilgan samoviy kitoblarga iymon keltirish. Bu narsa taqvodorlarning, Islom ummatining buyuk sifatlaridan biri boʻlib, boshqa hech bir ummatda yoʻqdir. Chunki, Islom ummatidan boshqa hech bir ummat Allohdan nozil boʻlgan barcha kitoblarga birdek iymon keltirmagan. Islom ummati Alloh tushirgan barcha ki-toblarga birdek iymon keltiradi.

Bu hol esa, aslida bashariyatning kitoblari va Paygʻambarlari bir ekani alomatidir.

Beshinchi sifat–«oxiratga aniq ishonarlar».

Yaʼni, hech shak-shubha qilmay ishonadilar. Oxiratga ishonish insonni tor dunyodan keng dunyoga chiqaradi. Uning hayoti imtihonlarga toʻla bu besh kunlik dunyo bilan tugamasligini bildiradi. Kelajagining uzoq ekanini, nihoyasiz yashash olami bor ekanini bildiradi.

Ushbu besh sifat insoniyat uchun nihoyatda zarur sifatlar boʻlib, kim shularni oʻzida mujassam qilsa, Qurʼon hidoyatidan toʻla bahramand boʻladi. Qurʼon hidoyatidan bahramand boʻlgan esa, ikki dunyo saodatiga erishadi. Shuning uchun ham, kelasi oyatda mazkur besh sifatga sohib boʻlganlar erishadigan natijaning eʼloni kelyapti: