أُو۟لَـٰٓئِكَ عَلَىٰ هُدًى مِّن رَّبِّهِمْ ۖ وَأُو۟لَـٰٓئِكَ هُمُ ٱلْمُفْلِحُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ana o`shalar Robbilaridan bo`lgan hidoyatdadirlar va ana o`shalar, o`shalargina najot topguvchilardir.Ана ўшалар Роббиларидан бўлган ҳидоятдадирлар ва ана ўшалар, ўшаларгина нажот топгувчилардир.Alauddin Mansour: Parvardigorlari tarafidan hidoyat topganlar ana oʻshalardir va najot topguvchilar ham ularning oʻzidir.Парвардигорлари тарафидан ҳидоят топганлар ана ўшалардир ва нажот топгувчилар ҳам уларнинг ўзидир.
Kim najot topishni istasa, oʻzida taqvodorlik sifatlarini mujassam qilishga urinsin.
Yuqoridagi oyatlarda Qurʼon hidoyatiga sazovor boʻlish uchun sabab boʻladigan taqvodorlik sifatlari bayon etilgan boʻlsa, kelasi oyatlarda ularning ziddi boʻlmish hidoyatdan naf olmaydigan osiylarning sifatlari zikr qilinadi: