QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят31

وَعَلَّمَ ءَادَمَ ٱلْأَسْمَآءَ كُلَّهَا ثُمَّ عَرَضَهُمْ عَلَى ٱلْمَلَـٰٓئِكَةِ فَقَالَ أَنۢبِـُٔونِى بِأَسْمَآءِ هَـٰٓؤُلَآءِ إِن كُنتُمْ صَـٰدِقِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va U Odamga ismlarning barchasini o`rgatdi, so`ngra ularni farishtalarga ro`baro` qildi. Keyin: «Agar rostgo`ylardan bo`lsangiz, anavilarning ismlarini menga aytib bering», – dedi.Ва У Одамга исмларнинг барчасини ўргатди, сўнгра уларни фаришталарга рўбарў қилди. Кейин: «Агар ростгўйлардан бўлсангиз, анавиларнинг исмларини менга айтиб беринг», – деди.Alauddin Mansour: Va U zot Odamga barcha narsalarning ismlarini oʻrgatdi. Soʻngra ularni farishtalarga roʻbaroʻ qilib dedi: «Agar xalifalikka biz haqdormiz, degan soʻzlaringiz rost boʻlsa, mana bu narsalarning ismlarini Menga bildiring!»Ва У зот Одамга барча нарсаларнинг исмларини ўргатди. Сўнгра уларни фаришталарга рўбарў қилиб деди: «Агар халифаликка биз ҳақдормиз, деган сўзларингиз рост бўлса, мана бу нарсаларнинг исмларини Менга билдиринг!»

6-sahifa · 1-juz · 1-hizb6-саҳифа · 1-жуз · 1-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَعَلَّمَva oʻrgatdiва ўргатдиءَادَمَOdamgaОдамгаٱلْأَسْمَآءَismlarniисмларниكُلَّهَاbarchasiniбарчасиниثُمَّsoʻngraсўнграعَرَضَهُمْularni roʻbaroʻ qildiуларни рўбарў қилдиعَلَى-ga-гаٱلْمَلَـٰٓئِكَةِfarishtalargaфаришталаргаفَقَالَkeyin dediкейин дедиأَنۢبِـُٔونِىMenga aytib beringМенга айтиб берингبِأَسْمَآءِismlariniисмлариниهَـٰٓؤُلَآءِanavilarningанавиларнингإِنagarагарكُنتُمْboʻlsangizбўлсангизصَـٰدِقِينَrostgoʻylardanростгўйлардан
TafsirТафсир

Alloh taolo odamni Oʻzining yer yuzidagi xalifasi qilayotgan paytda unga ulugʻ bir sirni berganligi ushbu oyatdan bilinib turibdi. U ham boʻlsa, odamga ismlarning barchasini oʻrgatishidir. Yaʼni, inson oʻzini oʻrab turgan barcha ashyolarning belgisi sifatida ismni, maʼnoni ishlatadi. His qilinadigan, jismga ega boʻlgan narsalarni fahmlash uchun nutqiy ramzlarni ishlatish qudrati inson hayotida eng ulugʻ qudratlardan biri hisoblanadi. Aks holda, birovga togʻni tushuntirmoqchi boʻlsang, uni togʻning oldiga olib borib, aylantirib koʻrsatishdan oʻzga chora boʻlmasdi. Agar Alloh taolo insonga ushbu qobiliyatni bermaganida, yer yuzida hayotni tasavvur qilish qiyin boʻlar edi.

Rivoyatlarda kelishicha, buning ismi ot, bunisi tuya, manavi quyosh, bu esa, yulduz, deb hatto kichkina narsalargacha oʻrgatilgan. Yaʼni, odamning yer yuzida xalifa boʻlishining asosiy sabablaridan biri– ilm olishga isteʼdodining borligidir. Hozirda inson ilmi ila borliqning sirlarini kashf etayotgani ham oʻshanda berilgan qobiliyat natijasidir.

Alloh taolo odamga ismlarning barchasini oʻrgatgandan keyin ularni farishtalarga roʻbaroʻ qildi va yer yuzida fasod qiluvchi va qon toʻkuvchi kimsani yaratasanmi, degan daʼvolaring rost boʻlsa, ushbu narsalarning ismlarini menga aytib beringlar, dedi. Farishtalar u narsalarga ism qoʻyishdan ojiz qoldilar va oʻz ojizliklarini tan olib: