QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят30

وَإِذْ قَالَ رَبُّكَ لِلْمَلَـٰٓئِكَةِ إِنِّى جَاعِلٌ فِى ٱلْأَرْضِ خَلِيفَةً ۖ قَالُوٓا۟ أَتَجْعَلُ فِيهَا مَن يُفْسِدُ فِيهَا وَيَسْفِكُ ٱلدِّمَآءَ وَنَحْنُ نُسَبِّحُ بِحَمْدِكَ وَنُقَدِّسُ لَكَ ۖ قَالَ إِنِّىٓ أَعْلَمُ مَا لَا تَعْلَمُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Esla, vaqtiki Robbing farishtalarga: «Men yer yuzida xalifa qilmoqchiman», – dedi. Ular: «Unda fasod qiladigan, qon to`kadigan kimsani qilmoqchimisan? Va holbuki, biz Senga tasbih, hamd aytib va Seni ulug`lab turibmiz», – dedilar. U: «Men siz bilmaganni bilaman», – dedi.Эсла, вақтики Роббинг фаришталарга: «Мен ер юзида халифа қилмоқчиман», – деди. Улар: «Унда фасод қиладиган, қон тўкадиган кимсани қилмоқчимисан? Ва ҳолбуки, биз Сенга тасбиҳ, ҳамд айтиб ва Сени улуғлаб турибмиз», – дедилар. У: «Мен сиз билмаганни биламан», – деди.Alauddin Mansour: Eslang, (ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), Parvardigoringiz farishtalarga: «Men Yerda (Odamni) xalifa qilmoqchiman», deganida ular aytdilar: «U Yerda buzgʻunchilik qiladigan, qonlar toʻkadigan kimsani (xalifa) qilasanmi? Holbuki, biz hamdu sano aytish bilan Seni ulugʻlaymiz va Sening nomingni mudom pok tutamiz». (Alloh) aytdi: «Albatta Men sizlar bilmagan narsalarni bilaman».Эсланг, (эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), Парвардигорингиз фаришталарга: «Мен Ерда (Одамни) халифа қилмоқчиман», деганида улар айтдилар: «У Ерда бузғунчилик қиладиган, қонлар тўкадиган кимсани (халифа) қиласанми? Ҳолбуки, биз ҳамду сано айтиш билан Сени улуғлаймиз ва Сенинг номингни мудом пок тутамиз». (Аллоҳ) айтди: «Албатта Мен сизлар билмаган нарсаларни биламан».

6-sahifa · 1-juz · 1-hizb6-саҳифа · 1-жуз · 1-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَإِذْesla, vaqtikiэсла, вақтикиقَالَdediдедиرَبُّكَRobbingРоббингلِلْمَلَـٰٓئِكَةِfarishtalargaфаришталаргаإِنِّىalbatta Menалбатта Менجَاعِلٌۭqilmoqchimanқилмоқчиманفِى-da-даٱلْأَرْضِyer yuzidaер юзидаخَلِيفَةًۭ ۖxalifaхалифаقَالُوٓا۟dedilarдедиларأَتَجْعَلُqilmoqchimisanқилмоқчимисанفِيهَاundaундаمَنkimsaniкимсаниيُفْسِدُfasod qiladiganфасод қиладиганفِيهَاundaундаوَيَسْفِكُva toʻkadiganва тўкадиганٱلدِّمَآءَqonқонوَنَحْنُva holbuki bizва ҳолбуки бизنُسَبِّحُtasbih aytamizтасбиҳ айтамизبِحَمْدِكَhamding ilaҳамдинг илаوَنُقَدِّسُva ulugʻlaymizва улуғлаймизلَكَ ۖSeniСениقَالَdediдедиإِنِّىٓalbatta Menалбатта Менأَعْلَمُbilamanбиламанمَاnarsaniнарсаниلَاemasэмасتَعْلَمُونَsiz bilasizсиз биласиз
TafsirТафсир

Ushbu oyatdan maʼlum boʻlyaptiki, Alloh taolo Odamning Oʻzining yer yuzidagi oʻrinbosari–xalifasi boʻlishini iroda etgan ekan. Demak, insonga ulkan ishonch bildirilgan, u ulugʻ Allohning xalifasi boʻlishdek oliy maqomga loyiq koʻrilgan. Bunday marhamatning oʻziga yarasha buyuk masʼuliyati ham bor. Inson shuni anglagan holda, uni xalifa qilib qoʻygan Zotning topshiriqlarini bajarmogʻi, yaratgan Zot munosib koʻrgan oliy maqomga dogʻ tushirmaslikka harakat qilmogʻi kerak.

Farishtalarning:

«Unda fasod qiladigan, qon toʻkadigan kimsani qilmoqchimisan?» degan gaplaridan maʼlum boʻladiki, ular oʻzlarigagina maʼlum yoʻl bilan inson yer yuzida fasod, buzgʻunchilik qilishi va qon toʻkishini bilishgan, ayni chogʻda, ular farishtalik tabiati bilan, oʻzlari aytib turgan tasbihu hamdlarni va qilib turgan ulugʻlashlarni ushbu maxluqotlarning yaratilish maqsadi, deb bilishgan. Ammo Allohning ilmi boshqa, farishtalar buni bilmaydilar.

«Men siz bilmaganni bilaman», dedi Alloh taolo.

Yaʼni, odamlardan baʼzilarining buzgʻunchilik qilishi yoki qon toʻkishi yer yuzida xalifa yaratish irodasiga toʻsiq boʻla olmaydi. Shuningdek, farishtalarning tasbih va hamd aytib, Allohni hamisha ulugʻlab turishlari ham ulardan boshqa mavjudotni yaratishdan toʻsa olmaydi.