QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят29

هُوَ ٱلَّذِى خَلَقَ لَكُم مَّا فِى ٱلْأَرْضِ جَمِيعًا ثُمَّ ٱسْتَوَىٰٓ إِلَى ٱلسَّمَآءِ فَسَوَّىٰهُنَّ سَبْعَ سَمَـٰوَٰتٍ ۚ وَهُوَ بِكُلِّ شَىْءٍ عَلِيمٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U sizlar uchun yer yuzidagi barcha narsani yaratgan Zot. So`ngra osmonga yuzlandi va ularni yettita qilib to`g`riladi. Va U har bir narsani biluvchi Zotdir.У сизлар учун ер юзидаги барча нарсани яратган Зот. Сўнгра осмонга юзланди ва уларни еттита қилиб тўғрилади. Ва У ҳар бир нарсани билувчи Зотдир.Alauddin Mansour: U shunday zotki, siz uchun Yerdagi barcha narsani yaratdi. Soʻngra samoga yuzlandi-da, ularni yetti osmon qilib tikladi. U hamma narsani bilguvchidir.У шундай зотки, сиз учун Ердаги барча нарсани яратди. Сўнгра самога юзланди-да, уларни етти осмон қилиб тиклади. У ҳамма нарсани билгувчидир.

5-sahifa · 1-juz · 1-hizb5-саҳифа · 1-жуз · 1-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
هُوَUУٱلَّذِىzotdirзотдирخَلَقَyaratganяратганلَكُمsizlar uchunсизлар учунمَّاnarsaniнарсаниفِى-dagi-дагиٱلْأَرْضِyer yuzidagiер юзидагиجَمِيعًۭاbarchaбарчаثُمَّsoʻngraсўнграٱسْتَوَىٰٓyuzlandiюзландиإِلَى-ga-гаٱلسَّمَآءِosmongaосмонгаفَسَوَّىٰهُنَّva ularni toʻgʻriladiва уларни тўғриладиسَبْعَyettitaеттитаسَمَـٰوَٰتٍۢ ۚosmon qilibосмон қилибوَهُوَva Uва Уبِكُلِّhar birҳар бирشَىْءٍnarsaniнарсаниعَلِيمٌۭbiluvchidirбилувчидир
TafsirТафсир

Yer yuzidagi barcha narsaning inson uchun yaratilgani haqidagi xabar insonni ulugʻlashdir. Modomiki, bu dunyodagi hamma narsani Alloh inson uchun yaratgan ekan, demak, inson hamma yaratilganlarning ulugʻidir. Yer yuzida insondan ulugʻ maxluq yoʻq. Inson Allohning yer yuzidagi xalifasi. Maxluqotlardan birortasi insondan ustun boʻlishi mumkin emas. Hamma narsalar inson uchun, insonning saodati uchun boʻlishi kerak.

Alloh dunyodagi jamiki narsalarni insonga hadya etgan ekan, inson ham, oʻz navbatida, oʻsha neʼmatlarni bergan Zotga shukr qilib yashamogʻi lozim.

Hol shunday ekan, qanday qilib ular Allohni inkor etadilar va unga kufr keltiradilar?! Alloh taolo dunyodagi jamiki narsalarni yoʻqdan bor qilib yaratgan ekan, oʻlgan insonni qayta tiriltira olmasmidi?!

Oyatning oxirida:

«Va U har bir narsani biluvchi Zotdir», deb taʼkidlanmoqda. Haqiqatan shunday. U kofirlarning ishlarini ham bilib turibdi. Ular U Zotdan qoʻrqmaydilarmi?! Nimalariga yoki kimlariga ishonib Allohni inkor etadilar va unga kufr keltiradilar?!

Kelasi oyatlarda Allohning amriga boʻysunmaslik va qaytarganidan qaytmaslikning oqibatini bayon qilish uchun Odam alayhissalomning qissasi keltiriladi. Qissaning tafsiliga kirishishdan avval, umuman, Qurʼoni Karimdagi qissalar nima, undan qanday maqsadlar koʻzlanganini qisqacha tushunib olishimiz kerak. Chunki, bundan keyin qissalar koʻp keladi. Shuning uchun, umumiy tushuncha zarur.

Qurʼoni Karimda qissalar turli joylarda va turli munosabatlar bilan keladi. Oʻrniga va mavzuiga qarab, qissa ham oʻzgarib turadi. Baʼzilarga takror boʻlib tuyulgan qissalar, aslida, har joyda alohida oʻzgacha maʼno bildiradi va turli maqsadlarda ishlatiladi.

Paygʻambarlar qissasi iymon yoʻlidagi tinimsiz kurashning uzoq yoʻlini aks ettiruvchi bayonotdir. Oʻtganlar hayotida iymon uchun kurash qanday borganini, oqibat nima boʻlganini bilish kelajak avlod uchun ibrat bobida nihoyatda muhimdir. Shu boisdan ham, Alloh taolo Paygʻambarlar qissalariga alohida eʼtibor beradi va Qurʼoni Karimda ulardan yigirma beshtalarining qissalarini keltiradi. Bu oʻrinda birinchi inson va birinchi Paygʻambar boʻlmish otamiz Odam alayhissalomning qissalari bayon etiladi: