QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят28

كَيْفَ تَكْفُرُونَ بِٱللَّهِ وَكُنتُمْ أَمْوَٰتًا فَأَحْيَـٰكُمْ ۖ ثُمَّ يُمِيتُكُمْ ثُمَّ يُحْيِيكُمْ ثُمَّ إِلَيْهِ تُرْجَعُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Allohga qanday kufr keltirasizlar? Va holbuki, jonsiz edingiz, U sizga jon berdi, so`ngra joningizni oladir va yana tiriltiradir va sizlar Unga qaytajaksizlar.Аллоҳга қандай куфр келтирасизлар? Ва ҳолбуки, жонсиз эдингиз, У сизга жон берди, сўнгра жонингизни оладир ва яна тирилтирадир ва сизлар Унга қайтажаксизлар.Alauddin Mansour: Allohni qanday inkor qilasiz? Holbuki, U (dunyoga kelmasingizdan oldin) jonsiz edingiz sizga jon ato etdi, soʻngra sizni oʻldirib, yana qayta tiriltiradi va nihoyat yana Unga qaytajaksizlar.Аллоҳни қандай инкор қиласиз? Ҳолбуки, У (дунёга келмасингиздан олдин) жонсиз эдингиз сизга жон ато этди, сўнгра сизни ўлдириб, яна қайта тирилтиради ва ниҳоят яна Унга қайтажаксизлар.

5-sahifa · 1-juz · 1-hizb5-саҳифа · 1-жуз · 1-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
كَيْفَqandayқандайتَكْفُرُونَkufr keltirasizlarкуфр келтирасизларبِٱللَّهِAllohgaАллоҳгаوَكُنتُمْva holbuki edingizва ҳолбуки эдингизأَمْوَٰتًۭاjonsizжонсизفَأَحْيَـٰكُمْ ۖU sizga jon berdiУ сизга жон бердиثُمَّsoʻngraсўнграيُمِيتُكُمْjoningizni oladiжонингизни оладиثُمَّva yanaва янаيُحْيِيكُمْtiriltiradiтирилтирадиثُمَّsoʻngraсўнграإِلَيْهِUngaУнгаتُرْجَعُونَqaytajaksizlarқайтажаксизлар
TafsirТафсир

Ushbu oyatda kofirlik naqadar yomon narsa ekanligi ochiq- oydin dalillar bilan isbot qilinmoqdaki, zarracha aqli boʻlgan odam bu dalillardan soʻng moʻmin boʻlmay iloji yoʻq. Har bir inson oʻylab koʻrsa, bir vaqtlar jonsiz edi, hayotning asari yoʻq edi, oʻlik hukmida edi. Bir vaqt kelib unda jon paydo boʻldi, hayot asari kirdi. Xoʻsh, bu jonni unga kim berdi? Javob bitta: unga jonni Alloh berdi. Alloh bergan jon bilan tirik turib, Allohni qanday inkor etasan? Qanday qilib unga kufr keltirasan?!

Hayotda inson balki unga jon qayerdan kelganini oʻylashga koʻp ham ragʻbat qilmas, lekin oyatda esga solinayotgan ishga–«soʻngra joningizni oladir»ga tan bermay iloji yoʻq. Dunyoning eng aqllisiman degan kofir ham oʻlim oldida noilojdir. Abadiy yashab qolmasligini biladi, oʻlimga bosh egadi. Xoʻsh, bir kuni baribir Alloh joningni olar ekan, qandoq qilib Allohni inkor etasan, qandoq qilib unga kufr keltirasan?!

Soʻngra, Alloh yana insonni qayta tiriltiradi. Bu ish qiyomat kunida amalga oshiriladi. Kofirlar bu bosqichga ishonmay, tortishadilar. Lekin hujjat-dalillar ularning bu qaysarliklari ham behuda ekanini koʻrsatadi. Jumladan, insonni yoʻqdan bor qilib, jon ato etgan Alloh barchaning jonini yana oʻziga qaytarishi juda ham osondir. Shunday ekan, qanday qilib ular Allohni inkor etadilar, unga kufr keltiradilar?!

Oyatning oxirida:

«Va sizlar Unga qaytajaksizlar», deyiladi.

Allohga qaytish haq ekan, qanday qilib ular Allohni inkor etadilar, unga kufr keltiradilar?!

Kelgusi oyati karimada Alloh taoloning oʻlgan odamlarni qayta tiriltirishga qodir ekanligini isbotlovchi vasflari zikr qilinadi.