ٱلَّذِينَ يَنقُضُونَ عَهْدَ ٱللَّهِ مِنۢ بَعْدِ مِيثَـٰقِهِۦ وَيَقْطَعُونَ مَآ أَمَرَ ٱللَّهُ بِهِۦٓ أَن يُوصَلَ وَيُفْسِدُونَ فِى ٱلْأَرْضِ ۚ أُو۟لَـٰٓئِكَ هُمُ ٱلْخَـٰسِرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular Allohning ahdini bog`langanidan so`ng buzadigan, Alloh bog`lanishga buyurgan narsalarni kesadigan, yer yuzida fasod qiladigan zotlardir. Ana o`shalar yutqazuvchilardir.Улар Аллоҳнинг аҳдини боғланганидан сўнг бузадиган, Аллоҳ боғланишга буюрган нарсаларни кесадиган, ер юзида фасод қиладиган зотлардир. Ана ўшалар ютқазувчилардир.Alauddin Mansour: Ular Allohga bergan ahdni mustahkam bogʻlangandan soʻng buzadigan, Alloh muhofaza qilishni buyurgan bogʻlarni uzadigan kimsalardir. Ana oʻshalar, haqiqiy ziyon koʻrguvchilardir.Улар Аллоҳга берган аҳдни мустаҳкам боғлангандан сўнг бузадиган, Аллоҳ муҳофаза қилишни буюрган боғларни узадиган кимсалардир. Ана ўшалар, ҳақиқий зиён кўргувчилардир.
Ushbu oyatda Alloh kofir va munofiqlarning uchta katta sifatini keltirgan.
Birinchi sifat:
«Allohning ahdini bogʻlanganidan soʻng buzadigan...»
Yaʼni, har bir bandaning Yaratgan bilan bogʻlagan ahdi bor. Kofir va munofiqlar oʻsha ahdni buzish bilan boshqalardan ajrab turadi. Bu ahd koʻp narsalarda bogʻlangan, jumladan:
a) har bir banda yaratilish chogʻida Alloh uning tabiatiga dindorlikni solgan, kofir va munofiqlar oʻsha tabiatga xilof chiqadilar;
b) Alloh taolo odam bolasini Oʻzining yerdagi xalifasi qilgan, ular bu ahdni buzib, xalifalikka xiyonat qiladilar;
v) har bir shariat kelganda, Alloh Oʻzidan boshqaga sigʻinmaslik ahdini olgan boʻlsa ham, kofir va munofiqlar xiyonat qiladilar. Shuningdek, fosiqlar, yaʼni, kofir va munofiqlar hayotlarida Allohning shariatiga amal qilish, uning koʻrsatgan yoʻlidan yurish kabi narsalarga bogʻlangan ahdlarini buzadilar.
Ikkinchi sifat:
«Alloh bogʻlanishga buyurgan narsalarni kesadigan...» Alloh koʻp narsalarni, jumladan, qarindoshlik aloqalarini bogʻlashga, insoniy aloqalarni bogʻlashga, iymon va dindoshlik aloqalarini bogʻlashga... va hokazo ishlarga buyurgan. Fosiq–kofir va munofiqlar ushbu aloqalarni ham kesadilar.
Uchinchi sifat:
«Yer yuzida fasod qiladigan...»
Fasodning turi juda koʻp. Jumladan, yuqoridagi ikki sifat ham yer yuzini fasodga toʻldiradigan sifatlardan hisoblanadi. Ammo eng katta fasod borliqni yaratuvchi Zot boʻlmish Alloh taolo koʻrsatgan yoʻlni tark etib, boshqacha yashashga harakat qilishdir. Hamma fasod shundan kelib chiqadi.
Mazkur sifatlar nima natijaga eltadi? Shunday sifatdagi kishilar, albatta, yutqazadilar. Bu dunyolarini ham, u dunyolarini ham yutqazadilar.
«Ana oʻshalar yutqazuvchilardir».
Kelasi oyatda kofirlar haqida uchinchi shaxs sifatida gap yuritishdan bevosita ularning oʻzlariga xitob qilishga oʻtiladi.