۞ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يَسْتَحْىِۦٓ أَن يَضْرِبَ مَثَلًا مَّا بَعُوضَةً فَمَا فَوْقَهَا ۚ فَأَمَّا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ فَيَعْلَمُونَ أَنَّهُ ٱلْحَقُّ مِن رَّبِّهِمْ ۖ وَأَمَّا ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ فَيَقُولُونَ مَاذَآ أَرَادَ ٱللَّهُ بِهَـٰذَا مَثَلًا ۘ يُضِلُّ بِهِۦ كَثِيرًا وَيَهْدِى بِهِۦ كَثِيرًا ۚ وَمَا يُضِلُّ بِهِۦٓ إِلَّا ٱلْفَـٰسِقِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, Alloh chivin yoki undan ustunroq narsani misol keltirishdan uyalmas. Iymon keltirganlar, albatta, u Robbilaridan kelgan haqligini bilurlar. Ammo kufr keltirganlar: «Alloh bu misoldan nimani iroda qildi?» – derlar. U o`sha bilan ko`pchilikni zalolatga ketkizar va ko`pchilikni hidoyatga solar. U o`sha bilan faqat fosiqlarnigina zalolatga ketkizar.Албатта, Аллоҳ чивин ёки ундан устунроқ нарсани мисол келтиришдан уялмас. Иймон келтирганлар, албатта, у Роббиларидан келган ҳақлигини билурлар. Аммо куфр келтирганлар: «Аллоҳ бу мисолдан нимани ирода қилди?» – дерлар. У ўша билан кўпчиликни залолатга кеткизар ва кўпчиликни ҳидоятга солар. У ўша билан фақат фосиқларнигина залолатга кеткизар.Alauddin Mansour: Alloh chivin yoki undan-da haqir narsalar haqida masal aytishdan hech tortinmaydi. Iymonli kishilar uning (masalning) haqiqatan Parvardigorlari tarafidan ekanini biladilar. Kofirlar esa: «Buni misol qilish bilan Alloh nima demoqchi?», deydilar. Bu masal sabab (Alloh) koʻplarni adashtiradi va koʻplarni haq yoʻlga hidoyat qiladi. Bu masal sabab faqat fosiq kimsalarnigina adashtiradi.Аллоҳ чивин ёки ундан-да ҳақир нарсалар ҳақида масал айтишдан ҳеч тортинмайди. Иймонли кишилар унинг (масалнинг) ҳақиқатан Парвардигорлари тарафидан эканини биладилар. Кофирлар эса: «Буни мисол қилиш билан Аллоҳ нима демоқчи?», дейдилар. Бу масал сабаб (Аллоҳ) кўпларни адаштиради ва кўпларни ҳақ йўлга ҳидоят қилади. Бу масал сабаб фақат фосиқ кимсаларнигина адаштиради.
Kofirlar va munofiqlar istehzo qilish oʻrniga aqlni ishlatganlarida edi, Alloh taoloning chivin yoki pashsha singari jussasi kichik narsalarni misol qilib keltirishi ojizlikdan boʻlmay, balki ulkan qudratdan dalolat ekanini bilar edilar. Chunki, koinotni yaratgan Alloh taolo oʻsha qudrati ila chivinni ham, hatto undan kichik narsalarni ham yaratgandir. Mohiyat narsaning jismida emas, balki undagi hayotdadir. Xoʻp, ana, chivin shunchalik arzimas narsa boʻlsa, unga Allohdan boshqa kim ham hayot yo jon bera oladi? Dunyodagi barcha kuchlar toʻplanib, Alloh yaratgan birorta ulkan jussali hayvonni yarata olmaganlaridek, bitta chivinni ham yarata olmaydilar. Zarbulmasaldan maqsad kishilar qalbini sinash, ularni imtihon qilishdir. Odamlar esa, bunday zarbulmasaldan keyin ikki xil munosabatda boʻladilar:
1. Iymon keltirganlar zarbulmasaldan ibrat va vaʼz-nasihat oladilar, Allohning qudratiga yana bir bor qoyil qoladilar. Hamda zarbulmasal Robbilaridan kelganini, uning haqligini biladilar. Iymonlari yanada ziyoda boʻladi.
2. Kufr keltirganlar esa, Allohning nuridan, iymondan bebahra boʻlganliklari uchun, bu ulkan haqiqatni anglab-tushunib yetmaydilar. Alloh taologa nisbatan beodoblik qiladilar.
«Alloh bu misoldan nimani iroda qildi?»–derlar.
Beodoblarcha berilgan bu savolga oyatning oʻzida ochiq-oydin javob bor:
«U oʻsha bilan koʻpchilikni zalolatga ketkizar va koʻpchilikni hidoyatga solar».
Demak, zarbulmasal–sinov: u har kimga har xil taʼsir qiladi. Esi bor odam undan foyda olib, iymoni mustahkamlanadi. Aqli shaytonning qoʻlida boʻlganlar esa, uni masxara qilib, kufrida yana chuqur ketadi. Kufrida chuqur ketadiganlar fosiqlardir. Odatda, «fosiq» deb gunoh ishlarni qilgan musulmonlarga aytiladi. Fisq soʻzi, ulamolar istilohida, gunohi kabira qilib yoki kichik gunohlarda bardavom boʻlib, Allohning amridan chiqishdir. Qurʼoni Karimda esa, mavzuga qarab, kofir va munofiqlarni ham baʼzan fosiq deyiladi.
Kelgusi oyatda oʻsha fosiq–kofiru munofiqlarning sifatlari zikr qilinadi: