قَالَ يَـٰٓـَٔادَمُ أَنۢبِئْهُم بِأَسْمَآئِهِمْ ۖ فَلَمَّآ أَنۢبَأَهُم بِأَسْمَآئِهِمْ قَالَ أَلَمْ أَقُل لَّكُمْ إِنِّىٓ أَعْلَمُ غَيْبَ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَأَعْلَمُ مَا تُبْدُونَ وَمَا كُنتُمْ تَكْتُمُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: «Ey Odam, bularga u narsalarning ismlarini aytib ber», – dedi. Ularga o`sha narsalarning ismlarini aytib bergan chog`ida, «Men sizlarga osmonlaru yerning g`aybini bilaman va sizlar berkitmaganu berkitgan narsalarni ham bilaman demabmidim», – dedi.«Эй Одам, буларга у нарсаларнинг исмларини айтиб бер», – деди. Уларга ўша нарсаларнинг исмларини айтиб берган чоғида, «Мен сизларга осмонлару ернинг ғайбини биламан ва сизлар беркитмагану беркитган нарсаларни ҳам биламан демабмидим», – деди.Alauddin Mansour: (Alloh); «Ey Odam, bularga u narsalarning ismlarini bildir», dedi. (Odam) ularga barcha narsalarning ismlarini bildirganidan keyin (Alloh) aytdi: «Sizlarga, Men Yeru-osmonlarning sirlarini va sizlar oshkor qilgan va yashirgan narsalarni bilaman, demaganmidim?»(Аллоҳ); «Эй Одам, буларга у нарсаларнинг исмларини билдир», деди. (Одам) уларга барча нарсаларнинг исмларини билдирганидан кейин (Аллоҳ) айтди: «Сизларга, Мен Еру-осмонларнинг сирларини ва сизлар ошкор қилган ва яширган нарсаларни биламан, демаганмидим?»
Shu bilan Odamning farishtalardan ustunlik tarafi namoyon boʻldi. U ham boʻlsa, ilm-maʼrifat. Inson yer yuzida fasod qilishi, qon toʻkishi ham mumkin, neʼmati ilohiy boʻlmish ilmni oʻz oʻrnida ishlatib, farishtalardan ustun boʻlishi ham mumkin.
Ushbu mavqifda, xususan, odamning fazli farishtalar koʻz oldida namoyon boʻlgandan keyin Alloh taolo farishtalarga quyidagi farmonni berdi: