QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят34

وَإِذْ قُلْنَا لِلْمَلَـٰٓئِكَةِ ٱسْجُدُوا۟ لِـَٔادَمَ فَسَجَدُوٓا۟ إِلَّآ إِبْلِيسَ أَبَىٰ وَٱسْتَكْبَرَ وَكَانَ مِنَ ٱلْكَـٰفِرِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Esla, farishtalarga: «Odamga sajda qilinglar!» deganimizni. Bas, sajda qildilar, magar iblis bosh tortdi, mutakabbirlik qildi va kofirlardan bo`ldi.Эсла, фаришталарга: «Одамга сажда қилинглар!» деганимизни. Бас, сажда қилдилар, магар иблис бош тортди, мутакаббирлик қилди ва кофирлардан бўлди.Alauddin Mansour: Eslang, (ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), Biz farishtalarga Odamga taʼzim qiling deyishimiz bilan sajdaga egildilar. Faqat Iblis kibr va or qilib — kofirlardan boʻldi.Эсланг, (эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), Биз фаришталарга Одамга таъзим қилинг дейишимиз билан саждага эгилдилар. Фақат Иблис кибр ва ор қилиб — кофирлардан бўлди.

6-sahifa · 1-juz · 1-hizb6-саҳифа · 1-жуз · 1-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَإِذْesla, vaqtikiэсла, вақтикиقُلْنَاdedikдедикلِلْمَلَـٰٓئِكَةِfarishtalargaфаришталаргаٱسْجُدُوا۟sajda qilinglarсажда қилингларلِـَٔادَمَOdamgaОдамгаفَسَجَدُوٓا۟bas, sajda qildilarбас, сажда қилдиларإِلَّآmagarмагарإِبْلِيسَIblisИблисأَبَىٰbosh tortdiбош тортдиوَٱسْتَكْبَرَva mutakabbirlik qildiва мутакаббирлик қилдиوَكَانَva boʻldiва бўлдиمِنَ-dan-данٱلْكَـٰفِرِينَkofirlardanкофирлардан
TafsirТафсир

Farishtalarga sajdani buyurib, Alloh Odamga ulkan martaba ato etdi. Ammo bu sajda ibodat uchun emas, balki Odamni–Allohning ulugʻ ijodini tabriklash maʼnosida edi.

Farishtalar darhol sajda qildilar, chunki ularning fitratida Allohning amriga isyon qilish xususiyati yoʻq. Faqat Iblis sajda qilmadi. Ushbu iboradan kelib chiqib, baʼzilar: «Iblis aslida farishtalardan edi, ammo amrga itoat etmay, odamga sajda qilmagani uchun ularning safidan chiqarilgan», deyishadi. Aslida unday emas. Iblis asli jindan boʻlgan, bu haqda oyat bor. Qolaversa, Qurʼoni Karim oyatida aytilganidek, farishtalarda Allohning amriga isyon qilish tabiati yoʻq. Shundan, Alloh taolo farishtalarni Odamga sajda qilishga buyurgan paytda Iblis ham oʻsha joyda hozir boʻlgan, deb xulosa qilsa boʻladi.

Iblis bilan inson orasida dushmanlik shundan boshlanadi. Bu dushmanlik yaxshilik vakili ila yomonlik vakilining kurashiga aylandi.

Buning tafsilotini qissaning davomini vasf qiluvchi kelgusi oyati karimalarni oʻrganish davomida bilib olamiz.