QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят35

وَقُلْنَا يَـٰٓـَٔادَمُ ٱسْكُنْ أَنتَ وَزَوْجُكَ ٱلْجَنَّةَ وَكُلَا مِنْهَا رَغَدًا حَيْثُ شِئْتُمَا وَلَا تَقْرَبَا هَـٰذِهِ ٱلشَّجَرَةَ فَتَكُونَا مِنَ ٱلظَّـٰلِمِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va: «Ey Odam, sen o`z jufting ila jannatda maskan top. Unda nimani xohlasalaringiz, yenglar, osh bo`lsin va mana bu daraxtga yaqin kelmanglar, bas, u holda zolimlardan bo`lasizlar», – dedik.Ва: «Эй Одам, сен ўз жуфтинг ила жаннатда маскан топ. Унда нимани хоҳласаларингиз, енглар, ош бўлсин ва мана бу дарахтга яқин келманглар, бас, у ҳолда золимлардан бўласизлар», – дедик.Alauddin Mansour: Va aytdik: «Ey Odam, siz juftingiz bilan jannatni maskan tuting va undan xohlagan joylaringizda bemalol taomlaning. Faqat mana bu daraxtga yaqinlashmangki, u holda zolimlardan boʻlib qolasiz».Ва айтдик: «Эй Одам, сиз жуфтингиз билан жаннатни маскан тутинг ва ундан хоҳлаган жойларингизда бемалол таомланинг. Фақат мана бу дарахтга яқинлашмангки, у ҳолда золимлардан бўлиб қоласиз».

6-sahifa · 1-juz · 1-hizb6-саҳифа · 1-жуз · 1-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَقُلْنَاva dedikва дедикيَـٰٓـَٔادَمُey Odamэй Одамٱسْكُنْmaskan topмаскан топأَنتَsenсенوَزَوْجُكَva juftingва жуфтингٱلْجَنَّةَjannatdaжаннатдаوَكُلَاva yenglarва енгларمِنْهَاundanунданرَغَدًاosh boʻlsinош бўлсинحَيْثُqayerdanқаерданشِئْتُمَاxohlasangizхоҳласангизوَلَاva emasва эмасتَقْرَبَاyaqin kelmanglarяқин келмангларهَـٰذِهِmana buмана буٱلشَّجَرَةَdaraxtgaдарахтгаفَتَكُونَاbas, boʻlasizlarбас, бўласизларمِنَ-dan-данٱلظَّـٰلِمِينَzolimlardanзолимлардан
TafsirТафсир

Alloh subhanahu va taolo Odamga yana bir bor ulugʻ marhamat qildi: jufti Havo bilan unga jannatdan joy ato etdi va u yerda farogʻatda yashashini taʼminladi.

«Mana bu daraxtga yaqin kelmanglar», deganidan, ularga hamma narsadan tanovul qilishga ruxsat boʻlgan-u, faqatgina bitta daraxtdan tanovul qilishga ruxsat boʻlmagani maʼlum boʻladi. Bu– inson hayotida man qilingan narsalar namunasidir. Alloh taoloning insonga baʼzi narsalarni man qilishi–irodani mustahkamlash uchundir. Agar man qilish boʻlmasa, inson bilan hayvonning orasida farq qolmaydi. Inson oʻziga jon, aql, ilm bergan Allohga ahdu paymon qilgan, oʻsha ahdu paymonga vafo qilishi uchun unga sabr-matonat, iroda kerak, bu narsalar esa, man qilish bilan hosil boʻladi. Sabr-matonatli, irodali kishilar Alloh man qilgan narsalardan oʻzlarini saqlab turadilar. Havoi nafsiga banda boʻlganlarning esa, hayvondan farqi yoʻq. Ular man qilingan narsadan oʻzlarini tiyib tura olmaydilar.

Alloh taolo jannatdagi hamma mevalarga ruxsat berib, faqat bittagina daraxt mevasini man qilganidek, bu dunyoda hamma narsaga ruxsat berib, faqat sanoqli narsalarni–insonning oʻziga zararli narsalarni man qilgan.

Man qilingan daraxt qaysi daraxt ekanligi haqida uzundan- uzoq tortishishlar boʻlgan. Har kim oʻzi bilgan daraxtning nomini aytgan va ushbu gapni tasdiqlash uchun dalil va hujjatlar keltiradi. Ammo toʻgʻrisini aytganda, birovga oʻsha daraxtning ismini bilish bilan foyda yoki bilmaslik bilan zarar yetmaydi. Agar uni bilish zarur boʻlsa, Alloh Qurʼonda yoki Paygʻambarimiz hadislarida aytgan boʻlur edi.

Alloh taolo oyatning oxirida,

«Va mana bu daraxtga yaqin kelmanglar, bas, u holda zolimlardan boʻlasizlar», dedik», demoqda.

Shundan koʻrinadiki, shariatning amridan chiqishlik zulm ekan. Zulm esa, katta gunoh. Kim Allohning aytganida yurmasa, u kimsa zolimlardandir.