فَأَزَلَّهُمَا ٱلشَّيْطَـٰنُ عَنْهَا فَأَخْرَجَهُمَا مِمَّا كَانَا فِيهِ ۖ وَقُلْنَا ٱهْبِطُوا۟ بَعْضُكُمْ لِبَعْضٍ عَدُوٌّ ۖ وَلَكُمْ فِى ٱلْأَرْضِ مُسْتَقَرٌّ وَمَتَـٰعٌ إِلَىٰ حِينٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Shayton ularni undan ozdirdi va bo`lgan narsalaridan chiqardi. Va Biz: «Ba'zingiz ba'zingizga dushman bo`lib tushinglar, sizlarga yer yuzida qarorgoh va bir muddat huzur qilish bordir», – dedik.Шайтон уларни ундан оздирди ва бўлган нарсаларидан чиқарди. Ва Биз: «Баъзингиз баъзингизга душман бўлиб тушинглар, сизларга ер юзида қароргоҳ ва бир муддат ҳузур қилиш бордир», – дедик.Alauddin Mansour: Bas, ularni shayton yoʻldan ozdirib, maskanlaridan chiqardi va aytdik: «Tushingiz (jannatdan Yerga)! (Sizlar) bir-biringizga dushmansiz. Endi maʼlum vaqtgacha (ajallaringiz yetguncha) Yerda maskan tutib yashaysiz».Бас, уларни шайтон йўлдан оздириб, масканларидан чиқарди ва айтдик: «Тушингиз (жаннатдан Ерга)! (Сизлар) бир-бирингизга душмансиз. Энди маълум вақтгача (ажалларингиз етгунча) Ерда маскан тутиб яшайсиз».
Shayton Odam Ato bilan Momo Havoni qandoq qilib yoʻldan ozdirgani boshqa oyatlarda bayon qilingan. Bu yerda suraning umumiy yoʻnalishiga qarab, faqat «shayton ularni undan ozdirdi», adashtirdi, deb qoʻyilmoqda.
Oyatning davomida:
«Va boʻlgan narsalaridan chiqardi», deyilmoqda.
Bizning tilimizda bu jumla toʻmtoqroq chiqmoqda. Lekin Qurʼon matnida juda ham moʻʼjizakor jumladir. Baʼzi tarjimonlar, jannatdan chiqardi, deb tarjima qilishgan. Lekin matndagi maʼno aynan «ikkovlari boʻlgan narsadan» sifatida kelgan. Bunda maʼno umumiylashadi. Jannatdan, neʼmatdan, huzur-halovatdan chiqardi... deyaversa boʻladi.
Shayton vasvasa qildi, Odam ahdini unutdi, igʻvo qarshisida zaiflashdi, boʻlar ish boʻldi. Shunda ilohiy hukm chiqdi:
«Baʼzingiz baʼzingizga dushman boʻlib tushinglar».
Shundan buyon inson bilan shayton orasidagi dushmanlik boshlandi va bu dushmanlik qiyomatgacha davom etajak. Alloh ularga yer yuzini qarorgoh qilib berdi va bir muddat–to qiyomatgacha bunda qoladilar.
Odam oʻziga keldi, xatosini tushundi, tavba qildi. Bu qandoq boʻlgani boshqa oyatlarda bayon etilgan. Kelasi oyatda esa, qissaning ushbu maqomga munosib qismi zikr qilinadi: