QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят37

فَتَلَقَّىٰٓ ءَادَمُ مِن رَّبِّهِۦ كَلِمَـٰتٍ فَتَابَ عَلَيْهِ ۚ إِنَّهُۥ هُوَ ٱلتَّوَّابُ ٱلرَّحِيمُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, Odam o`z Robbisidan so`zlarni qabul qilib oldi, keyin U Zot uning tavbasini qabul qildi. Albatta, U tavbani qabul qiluvchi va rahimli Zotdir.Бас, Одам ўз Роббисидан сўзларни қабул қилиб олди, кейин У Зот унинг тавбасини қабул қилди. Албатта, У тавбани қабул қилувчи ва раҳимли Зотдир.Alauddin Mansour: Keyin, Odam Parvardigori tarafidan bir necha soʻzlar (farmonlar) qabul qilib olganidan soʻng, Alloh uning tavbasini qabul qildi. Albatta U tavbalarni qabul qilguvchi mehribon zotdir.Кейин, Одам Парвардигори тарафидан бир неча сўзлар (фармонлар) қабул қилиб олганидан сўнг, Аллоҳ унинг тавбасини қабул қилди. Албатта У тавбаларни қабул қилгувчи меҳрибон зотдир.

6-sahifa · 1-juz · 1-hizb6-саҳифа · 1-жуз · 1-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَتَلَقَّىٰٓbas, qabul qilib oldiбас, қабул қилиб олдиءَادَمُOdamОдамمِن-dan-данرَّبِّهِۦRobbisidanРоббисиданكَلِمَـٰتٍۢsoʻzlarniсўзларниفَتَابَtavbasini qabul qildiтавбасини қабул қилдиعَلَيْهِ ۚuningунингإِنَّهُۥalbatta Uалбатта УهُوَOʻziЎзиٱلتَّوَّابُtavbani qabul qiluvchiтавбани қабул қилувчиٱلرَّحِيمُrahmli zotdirраҳмли зотдир
TafsirТафсир

Tafsirchilarimiz, Alloh subhonahu va taolo shu paytda Odam alayhissalomga ilhom orqali maʼlum soʻzlarni berdi, Odam alay- hissalom ularni qabul qilib olib aytdi, shundan keyin Alloh uning gunohidan kechdi, deb tushuntiradilar. Momo Havo ham gunoh sodir etilishida Odam Ato bilan birga boʻlishiga qaramay, bu maqomda zikr qilinmaganining sababi–u kishi Odam alayhissalomga ergashganligi uchun Odamning zikri bilan kifoya qilindi. Ulamolarimiz, Odam alayhissalom Alloh taolodan qabul qilib olgan kalimalar keyinroq keladigan: «Robbana zalamnaa anfusana» deya boshlanuvchi yolborish kalimalari edi, deganlar. Oyatning oxirida Alloh taoloning tavbani qabul qiluvchilik sifati:

«Albatta, U tavbani qabul qiluvchi va rahimli Zotdir», deb zikr qilinishidan oʻsha soʻzlarda tavba oʻz aksini topganligi bilinib turibdi.