QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Baqarah surasi · Oyatсураси · Оят38

قُلْنَا ٱهْبِطُوا۟ مِنْهَا جَمِيعًا ۖ فَإِمَّا يَأْتِيَنَّكُم مِّنِّى هُدًى فَمَن تَبِعَ هُدَاىَ فَلَا خَوْفٌ عَلَيْهِمْ وَلَا هُمْ يَحْزَنُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Biz: «Undan hammangiz tushing. Bas, Mendan sizga hidoyat kelajak. Kim Mening hidoyatimga ergashsa, ularga xavf yo`q va ular xafa ham bo`lmaslar», – dedik.Биз: «Ундан ҳаммангиз тушинг. Бас, Мендан сизга ҳидоят келажак. Ким Менинг ҳидоятимга эргашса, уларга хавф йўқ ва улар хафа ҳам бўлмаслар», – дедик.Alauddin Mansour: «U joydan (jannatdan) hammangiz tushing», dedik. «Bas, sizlarga Men tarafdan hidoyat kelganida, shu haq yoʻlga ergashgan kishilarga xavfu xatar yoʻq va ular gʻamgin boʻlmaydilar».«У жойдан (жаннатдан) ҳаммангиз тушинг», дедик. «Бас, сизларга Мен тарафдан ҳидоят келганида, шу ҳақ йўлга эргашган кишиларга хавфу хатар йўқ ва улар ғамгин бўлмайдилар».

7-sahifa · 1-juz · 1-hizb7-саҳифа · 1-жуз · 1-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قُلْنَاdedikдедикٱهْبِطُوا۟tushingтушингمِنْهَاundanунданجَمِيعًۭا ۖhammangizҳаммангизفَإِمَّاbas, qachonбас, қачонيَأْتِيَنَّكُمsizga kelsaсизга келсаمِّنِّىMendanМенданهُدًۭىhidoyatҳидоятفَمَنbas, kimбас, кимتَبِعَergashsaэргашсаهُدَاىَMening hidoyatimgaМенинг ҳидоятимгаفَلَاbas, yoʻqбас, йўқخَوْفٌxavfхавфعَلَيْهِمْulargaуларгаوَلَاva emasва эмасهُمْularуларيَحْزَنُونَxafa boʻlmaslarхафа бўлмаслар
TafsirТафсир

Yaʼni, Alloh taolo:

«Hammangiz jannatdan tushing»,–dedi.

Bu farmonning yana bir takrorlanishi, taʼkid uchundir.

«Bas, Mendan sizga hidoyat kelajak».

Allohdan bandalariga keladigan hidoyat Paygʻambar va ilohiy kitoblardan iborat boʻladi. Demak, Alloh hidoyatga yoʻllashini, Paygʻambar va kitoblarini yuborib turishini avval, boshdanoq aytib qoʻygan. Odamlar ushbu ilohiy hidoyatga boʻlgan munosabatlariga qarab turli martabalarga boʻlinadi.

«Kim Mening hidoyatimga ergashsa, ularga xavf yoʻq va ular xafa ham boʻlmaslar».

Yaʼni, Kim Allohning hidoyatiga–Paygʻambariga va kitobiga ergashsa, ularga kelajakda hech qanday xavf-xatar yoʻq va ular avval boʻlib oʻtgan ishlardan xafa ham boʻlmaydilar.

Hidoyatga ergashmaganlarning holini kelasi oyat bayon qiladi: