خَتَمَ ٱللَّهُ عَلَىٰ قُلُوبِهِمْ وَعَلَىٰ سَمْعِهِمْ ۖ وَعَلَىٰٓ أَبْصَـٰرِهِمْ غِشَـٰوَةٌ ۖ وَلَهُمْ عَذَابٌ عَظِيمٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh ularning qalblari va quloqlarini muhrlab qo`ygan va ko`zlarida parda bor. Va ularga ulkan azob bordir.Аллоҳ уларнинг қалблари ва қулоқларини муҳрлаб қўйган ва кўзларида парда бор. Ва уларга улкан азоб бордир.Alauddin Mansour: Alloh ularning dillarini va quloqlarini muhrlab qoʻygan. Koʻzlarini esa parda qoplab olgan. Ular uchun buyuk azob bordir.Аллоҳ уларнинг дилларини ва қулоқларини муҳрлаб қўйган. Кўзларини эса парда қоплаб олган. Улар учун буюк азоб бордир.
Kofirlarning oʻz qilgʻiliklariga yarasha, nobakorliklari jazosiga Alloh ularning qalblarini muhrladi, hidoyat taʼsir qilmaydigan boʻldi. Quloqlariga muhr bosdi, hidoyatni eshitmaydigan boʻldilar. Koʻzlariga parda tushirdi, hidoyat yoʻlini koʻrmaydigan boʻldilar. Endi, qiyomatda ularga ulkan azob boʻladi.
Ibn Abi Hotim Ibn Amrdan rivoyat qilishicha, sahobalar Paygʻambar alayhissalomga:
«Ey, Allohning Rasuli, biz Qurʼonni oʻqib bir narsani orzu qilamiz, yana Qurʼonni oʻqib noumid boʻlgandek boʻlamiz», dedilar. Paygʻambar alayhissalom:
«Sizlarga jannat ahli va doʻzax ahlining xabarini beraymi?»– dedilar. Sahobalar:
«Ha»,–dedilar. Shunda u zoti bobarakot:
«Alif. Lom, Miym...» dan «...muflihuun»gacha oʻqidilar-da:
«Bular ahli jannatlar»,–dedilar. Sahobalar:
«Biz ulardan boʻlamiz, degan umiddamiz», deyishdi. Soʻngra, Paygʻambar alayhissalom «Innallaziyna kafaruu...» dan to «azabun aziym»gacha oʻqidilar va:
«Mana bular ahli doʻzaxlar»,–dedilar. Sahobalar:
«Bizlarmas-a?»–deyishgan edi, Paygʻambar alayhissalom:
«Ha!»–dedilar.
Bu oyatlarda avval moʻminlarning, keyin kofirlarning vasfi keldi, kelasi oyatlarda uchinchi toifa boʻlmish munofiqlarning vasfi boshlanadi. Munofiqlarning xatari ulkan, chunki ularning haqiqiy basharalari koʻpchilikka ayon emas. Shuning uchun, Alloh gapni uzoqdan boshlab, ularning bir necha sifatlarini taʼrif qiladi.