وَمِنَ ٱلنَّاسِ مَن يَقُولُ ءَامَنَّا بِٱللَّهِ وَبِٱلْيَوْمِ ٱلْـَٔاخِرِ وَمَا هُم بِمُؤْمِنِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va odamlardan, Allohga va oxirat kuniga iymon keltirdik, deydiganlari bor. Holbuki, ular mo`min emaslar.Ва одамлардан, Аллоҳга ва охират кунига иймон келтирдик, дейдиганлари бор. Ҳолбуки, улар мўмин эмаслар.Alauddin Mansour: Odamlar orasida shunday kimsalar ham borki, oʻzlari moʻmin boʻlmaganlari holda «Allohga va Oxirat kuniga iymon keltirdik», deydilar.Одамлар орасида шундай кимсалар ҳам борки, ўзлари мўмин бўлмаганлари ҳолда «Аллоҳга ва Охират кунига иймон келтирдик», дейдилар.
Munofiqlarning bosh sifatlari ushbu oyatda zikr qilinmoqda. Ular Allohga iymon keltirdik, qiyomat kuniga iymon keltirdik, moʻmin boʻldik, deb moʻmin kishiga lozim boʻlgan ikki buyuk eʼtiqodni aytishadi. Aslida esa, ular na Allohga va na qiyomat kuniga ishonishmaydi.
Demak, qalbida yoʻq narsani bor deb koʻrsatish munofiqlikdir.
Ushbu oyatda ular aqiyda masalasining avvali boʻlmish Allohga iymonni va soʻngi boʻlmish oxiratga iymonni daʼvo qilishdi, shu bilan goʻyo aqiyda bobida hamma narsaga ishonamiz, demoqchi boʻlishdi.