QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ta-Ha surasi · Oyatсураси · Оят105

وَيَسْـَٔلُونَكَ عَنِ ٱلْجِبَالِ فَقُلْ يَنسِفُهَا رَبِّى نَسْفًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sendan tog`lar haqida so`rarlar. Bas: «Robbim ularni mutlaqo sovurib yuborajak», degin.Сендан тоғлар ҳақида сўрарлар. Бас: «Роббим уларни мутлақо совуриб юборажак», дегин.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), ular sizdan togʻlar (Qiyomat Kunida qanday holda boʻlishi) haqida soʻraydilar. Bas, ayting: «Parvardigorim ularni (qum kabi) sochib yuborur.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), улар сиздан тоғлар (Қиёмат Кунида қандай ҳолда бўлиши) ҳақида сўрайдилар. Бас, айтинг: «Парвардигорим уларни (қум каби) сочиб юборур.

319-sahifa · 16-juz · 32-hizb319-саҳифа · 16-жуз · 32-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَيَسْـَٔلُونَكَva sendan soʻrarlarва сендан сўрарларعَنِhaqidaҳақидаٱلْجِبَالِtogʻlarтоғларفَقُلْbas, aytбас, айтيَنسِفُهَاularni sovururуларни совурурرَبِّىRobbimРоббимنَسْفًۭاmutlaqo sovuribмутлақо совуриб
TafsirТафсир

Yaʼni, ey Muhammad, sendan qiyomat kuni togʻlarning holi nima boʻlishi haqida soʻraydilar. Sen:

«Robbim ularni mutlaqo sovurib yuborajak», deb javob ber.

Odamlarning koʻzlariga togʻlar mahobatli, ulkan, hech narsadan taʼsirlanmaydigan, dunyo agʻdar-toʻntar boʻlib ketsa ham, qimir etib qoʻymaydigandek koʻrinadi. Ammo qiyomat kuni oʻsha ulkan va mahobatli togʻlarni ham Alloh taolo kuldek sovurib yuboradi. Oʻsha kunning dahshatidan togʻlar titilib, qum kabi sochilib ketadi.