نَّحْنُ أَعْلَمُ بِمَا يَقُولُونَ إِذْ يَقُولُ أَمْثَلُهُمْ طَرِيقَةً إِن لَّبِثْتُمْ إِلَّا يَوْمًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Biz nima deyayotganlarini yaxshi bilguvchimiz. O`shanda ularning eng to`g`ri yo`ldagisi: «Bir kundan ortiq turganimiz yo`q», degan edi.Биз нима деяётганларини яхши билгувчимиз. Ўшанда уларнинг энг тўғри йўлдагиси: «Бир кундан ортиқ турганимиз йўқ», деган эди.Alauddin Mansour: Biz ularning aytadigan soʻzlarini juda yaxshi bilurmiz. Oʻshanda ularning eng namunali yoʻlni tutgan — donolari: «Bir kungina turdinglar», deydi(lar).Биз уларнинг айтадиган сўзларини жуда яхши билурмиз. Ўшанда уларнинг энг намунали йўлни тутган — донолари: «Бир кунгина турдинглар», дейди(лар).
Demak, oxirat azoblarini koʻrgan kofirlar garchi bu dunyoda uzoq yillar ayshu ishratda, rohat-farogʻatda kun kechirgan boʻlsalar ham, yashagan muddatlari oz koʻrinib ketadi. Abadiy azob-uqubat oldida oʻn yillik yoki yuz yillik ayshu ishrat nima boʻlibdi? Shu arzimagan narsani deb oʻzini abadiy azobga giriftor qilgan odamni nima desa boʻladi?