وَمَنْ أَعْرَضَ عَن ذِكْرِى فَإِنَّ لَهُۥ مَعِيشَةً ضَنكًا وَنَحْشُرُهُۥ يَوْمَ ٱلْقِيَـٰمَةِ أَعْمَىٰ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kim Mening zikrimdan yuz o`girsa, albatta, unga torchilik hayoti bo`lur va qiyomat kuni uni ko`r holida tiriltirurmiz», dedi.Ким Менинг зикримдан юз ўгирса, албатта, унга торчилик ҳаёти бўлур ва қиёмат куни уни кўр ҳолида тирилтирурмиз», деди.Alauddin Mansour: Kim Mening eslatmamdan yuz oʻgirsa, bas, albatta uning uchun tang — baxtsiz hayot boʻlur va Biz uni Qiyomat Kunida koʻr holda tiriltirurmiz».Ким Менинг эслатмамдан юз ўгирса, бас, албатта унинг учун танг — бахтсиз ҳаёт бўлур ва Биз уни Қиёмат Кунида кўр ҳолда тирилтирурмиз».
Keyin Alloh taolo ularga qarab:
«Hammangiz bir-biringizga dushman holda undan tushing», dedi.
Yaʼni, jannatdan tushing, dedi. Shu bilan shayton va Odam orasidagi dushmanlik sobit boʻldi. Odam bolasiga shayton dushman ekani, jannatdan ham dushman holida tushgani, qiyomatgacha dushmanlik qilishi aniq boʻldi. Odam oʻzining bir umrlik dushmanidan, toki tirik ekan, ehtiyot boʻlib yurishi kerak. Shaytonning igʻvosiga uchib, qilar ishni qilib qoʻyib, keyin, «Gʻaflatda qolibman, shayton yoʻldan uribdi» deyishning foydasi yoʻq.
Shu bilan birga, Alloh taolo yer yuzida kelajakda boʻladigan ishlarning ham haqiqatini bildirib qoʻydi:
«Agar men tomonimdan sizga hidoyat kelganida, kim hidoyatimga ergashsa, adashmas va badbaxt boʻlmas».
Demak, inson yer yuziga tushganidayoq Alloh taolo unga hidoyat– Paygʻambar va kitoblar yuborib turishini aytib qoʻygan. Alloh taolodan kelgan hidoyatga ergashib yashagan insongina adashmaydi, baxtsiz boʻlmaydi. Allohdan kelgan hidoyatga ergashib yashagan insongina toʻgʻri yoʻlda yurgan boʻladi, baxt topadi.
«Kim mening zikrimdan yuz oʻgirsa, albatta, unga torchilik hayoti boʻlur...»
Qaysi bir inson Allohni unutsa, Uni eslamasa, Uning hidoyatiga ergashmasa, oʻziga oʻzi qiladi. Avvalo, unday odam bu dunyoda tangliktorlikda hayot kechiradi. Iymonsizligi tufayli, oʻzi toʻysa ham, koʻzi toʻymas boʻlib qoladi. Molu dunyo, ayshu ishrat ichida koʻmilib yotsa ham, unga oz koʻrinadi. Ulardan ajrab qolishidan qoʻrqaveradi. Iymonsizligi tufayli ketma-ket muammolar kelib chiqaveradi.
«...va qiyomat kuni uni koʻr holida tiriltirurmiz.»
Bu ham hayoti dunyoda qilgan qilmishiga munosib jazodir. Lekin uning oʻzi nima uchun koʻr holda tiriltirilganligini tushuna olmaydi.