قَالَ رَبِّ لِمَ حَشَرْتَنِىٓ أَعْمَىٰ وَقَدْ كُنتُ بَصِيرًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U: «Ey Robbim, nima uchun meni ko`r holda tiriltirding. Axir, ko`ruvchi edim-ku?!» – dedi.У: «Эй Роббим, нима учун мени кўр ҳолда тирилтирдинг. Ахир, кўрувчи эдим-ку?!» – деди.Alauddin Mansour: U: «Parvardigorim, nega meni koʻr qilib tiriltirding, axir koʻrar edim-ku», degan edi,У: «Парвардигорим, нега мени кўр қилиб тирилтирдинг, ахир кўрар эдим-ку», деган эди,
Bu dunyoda Allohning zikridan yuz oʻgirib, U zotni unutib, U zotning Robb ekanini tan olmay yurgan nobakor qiyomatda koʻr holida tiriltirilganda Allohni zikr qilib, U zotning Robb ekanini tan olib:
«Ey Robbim, nima uchun meni koʻr holda tiriltirding. Axir, koʻruvchi edim-ku?!» – dedi».
U, oʻzicha, bu dunyoda qanday holda oʻtgan boʻlsa, u dunyoda ham shundoq oʻtishini xayol qilar edi. Shuning uchun, u, Allohdan, nima uchun koʻr holda tiriltirildim, deb soʻramoqda.
Alloh taolo unga quyidagi javobni berdi.