QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ta-Ha surasi · Oyatсураси · Оят126

قَالَ كَذَٰلِكَ أَتَتْكَ ءَايَـٰتُنَا فَنَسِيتَهَا ۖ وَكَذَٰلِكَ ٱلْيَوْمَ تُنسَىٰ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U: «Shunday. Senga oyatlarimiz keldi. Sen esa, ularni unutding? Shuningdek, sen ham bugun unutilursan», dedi.У: «Шундай. Сенга оятларимиз келди. Сен эса, уларни унутдинг? Шунингдек, сен ҳам бугун унутилурсан», деди.Alauddin Mansour: (Alloh) aytdi: «Shunday. Senga Bizning oyat-moʻʼjizalarimiz kelganida ularni unutding. Bugun sen ham ana shunday «unutilursan».(Аллоҳ) айтди: «Шундай. Сенга Бизнинг оят-мўъжизаларимиз келганида уларни унутдинг. Бугун сен ҳам ана шундай «унутилурсан».

321-sahifa · 16-juz · 32-hizb321-саҳифа · 16-жуз · 32-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قَالَdediдедиكَذَٰلِكَshundayшундайأَتَتْكَsenga keldiсенга келдиءَايَـٰتُنَاoyatlarimizоятларимизفَنَسِيتَهَا ۖsen esa ularni unutdingсен эса уларни унутдингوَكَذَٰلِكَva shuningdekва шунингдекٱلْيَوْمَbugunбугунتُنسَىٰunutilursanунутилурсан
TafsirТафсир

Ey bandai kofir. Ishlar shunday. Senga u dunyoda koʻzing ochiq paytda iymonga dalolat qiluvchi oyatlarimiz keldi. Ammo sen ularni koʻrib, koʻrmaslikka olding. Sen ularni unutding. Iymonga kelmay, kofirlikda oʻtding. Mana endi, bugun qiyomat kunida oyatlarimizni koʻrib, koʻrmaslikka olganing jazosiga koʻr etib tiriltirilding. U dunyoda oyatlarimizni unutganing uchun, bugun sen ham unutilasan.