وَكَذَٰلِكَ نَجْزِى مَنْ أَسْرَفَ وَلَمْ يُؤْمِنۢ بِـَٔايَـٰتِ رَبِّهِۦ ۚ وَلَعَذَابُ ٱلْـَٔاخِرَةِ أَشَدُّ وَأَبْقَىٰٓ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Isrof qilgan va Robbi oyatlariga iymon keltirmaganlarni ana shunday jazolaymiz. Oxirat azobi, albatta, ashaddiy va boqiydir.Исроф қилган ва Робби оятларига иймон келтирмаганларни ана шундай жазолаймиз. Охират азоби, албатта, ашаддий ва боқийдир.Alauddin Mansour: Haddan oshgan va Parvardigorining oyatlariga iymon keltirmagan kimsalarni mana shunday jazolarmiz. Oxirat azobi shak-shubhasiz, qattiqroq va davomliroqdir.Ҳаддан ошган ва Парвардигорининг оятларига иймон келтирмаган кимсаларни мана шундай жазолармиз. Охират азоби шак-шубҳасиз, қаттиқроқ ва давомлироқдир.
Robbi zikridan yuz oʻgirgan shaxs eng katta isrofchidir. U oʻziga berilgan eng ulkan imkoniyatni, baxt-saodat manbai boʻlmish hidoyatni zoye ketkazib–isrof qilib, zalolatni ixtiyor etgan odamdir. Ikki dunyo baxt-saodatining manbai boʻlgan iymon va Islom hidoyatini zoye qilgan gumroh kimsadek isrofchi olamda yoʻq. Oʻrganayotganimiz oyati karimada isrofga yoʻl qoʻygan va Robbi oyatlariga iymon keltirmagan ana shunday kishilar oxiratda yuqorida zikr qilinganidek jazolanishlari taʼkidlanmoqda:
«Oxirat azobi, albatta, ashaddiy va boqiydir».