QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ta-Ha surasi · Oyatсураси · Оят128

أَفَلَمْ يَهْدِ لَهُمْ كَمْ أَهْلَكْنَا قَبْلَهُم مِّنَ ٱلْقُرُونِ يَمْشُونَ فِى مَسَـٰكِنِهِمْ ۗ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَـٰتٍ لِّأُو۟لِى ٱلنُّهَىٰ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ulardan ilgari ularning maskanlarida yurgan asrlardan qanchadan-qanchasini halok qilganimiz ham hidoyat qilmadimi? Albatta, bunda aql egalari uchun ibratlar bordir.Улардан илгари уларнинг масканларида юрган асрлардан қанчадан-қанчасини ҳалок қилганимиз ҳам ҳидоят қилмадими? Албатта, бунда ақл эгалари учун ибратлар бордир.Alauddin Mansour: Biz ulardan ilgari ham ularning maskanlarida (yashab) yurgan qancha avlodlarni (kufrlari sababli) halok qilganimiz ularga maʼlum emasmi?! Albatta bunda aql egalari uchun oyat-ibratlar bordir.Биз улардан илгари ҳам уларнинг масканларида (яшаб) юрган қанча авлодларни (куфрлари сабабли) ҳалок қилганимиз уларга маълум эмасми?! Албатта бунда ақл эгалари учун оят-ибратлар бордир.

321-sahifa · 16-juz · 32-hizb321-саҳифа · 16-жуз · 32-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَفَلَمْaxir, emasmiахир, эмасмиيَهْدِhidoyat qilmadiҳидоят қилмадиلَهُمْulargaуларгаكَمْqanchadan-qanchaқанчадан-қанчаأَهْلَكْنَاhalok qilganimizҳалок қилганимизقَبْلَهُمulardan ilgariулардан илгариمِّنَ-dan-данٱلْقُرُونِasrlarасрларيَمْشُونَyurganюрганفِى-da-даمَسَـٰكِنِهِمْ ۗularning maskanlariуларнинг масканлариإِنَّalbattaалбаттаفِى-da-даذَٰلِكَbundaбундаلَـَٔايَـٰتٍۢibratlar bordirибратлар бордирلِّأُو۟لِىegalari uchunэгалари учунٱلنُّهَىٰaqlақл
TafsirТафсир

Insonlar oʻtganlardan ibrat olmay oʻzicha beparvo yursa, yuraveradilar. Lekin atroflariga qarasinlar. Tarixga nazar solsinlar. Oʻzlari yashab turgan joylarda yashab oʻtganlarning holi nima boʻlganini oʻylasinlar. Oʻzlari turgan joyda ulardan ilgari yashab oʻtganlarning koʻplari halokatga uchrashiga nima sabab boʻlganini bilib qoʻysinlar. Agar insonlar insof bilan nazar solsalar, oʻzlaridan ilgari oʻtgan asrlar avlodlari, asosan, Robbilaridan yuz oʻgirganlari uchun, Uning oyatlariga iymon keltirmaganlari uchun halok boʻlganlarini koʻradilar.

«Ulardan ilgari ularning maskanlarida yurgan asrlardan qanchadan-qanchasini halok qilganimiz ham hidoyat qilmadimi?»

Axir, oʻtgan kofir va zolimlarning hidoyatdan yuz burganlari uchun halokatga uchraganlari keyin kelganlarga oʻrnak boʻlishi kerak- ku! Bu tushuncha, shubhasiz, ularni hidoyatga boshlashi zarur-ku!

Mana bu Makka ahllarini, Qurʼonga eʼtiroz bildirayotganlarni, Robbining zikrini unutganlarni oʻzlaridan ilgari ularning maskanlarida yashab oʻtgan avlodlardan qanchadan-qanchasini halok qilganimiz ham hidoyatga boshlamadimi?

«Albatta, bunda aql egalari uchun ibratlar bordir.»

Agar ular oʻtmishdan ibrat olib, hidoyatlanmagan boʻlsalar, ularning aqllari yoʻqdir. Chunki, mazkur ishlarda faqat aql egalari uchun ibratlar bordir. Bunday hodisalardan faqat aql egalarigina ibrat oladilar.