فَٱصْبِرْ عَلَىٰ مَا يَقُولُونَ وَسَبِّحْ بِحَمْدِ رَبِّكَ قَبْلَ طُلُوعِ ٱلشَّمْسِ وَقَبْلَ غُرُوبِهَا ۖ وَمِنْ ءَانَآئِ ٱلَّيْلِ فَسَبِّحْ وَأَطْرَافَ ٱلنَّهَارِ لَعَلَّكَ تَرْضَىٰ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, ular aytayotgan narsalarga sabr qil. Robbingga quyosh chiqishidan oldin va botishidan oldin tasbih va hamd ayt. Shuningdek, kechaning bir qismida va kunduzning atrofida ham tasbih ayt. Shoyadki, rozi bo`lsang.Бас, улар айтаётган нарсаларга сабр қил. Роббингга қуёш чиқишидан олдин ва ботишидан олдин тасбиҳ ва ҳамд айт. Шунингдек, кечанинг бир қисмида ва кундузнинг атрофида ҳам тасбиҳ айт. Шоядки, рози бўлсанг.Alauddin Mansour: Bas, (ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), ular aytayotgan soʻzlarga sabr-toqat qiling va quyosh chiqishidan ilgari va botishidan avval Parvardigoringizga hamdu sano aytish bilan (U zotni poklang — namoz oʻqing! Kecha(ning avvalgi va oxirgi) vaqtlarida hamda kunduz(ning avvalgi va oxirgi taraflarida ham tasbeh ayting — namoz oʻqing, shoyad xursand boʻlursiz.Бас, (эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), улар айтаётган сўзларга сабр-тоқат қилинг ва қуёш чиқишидан илгари ва ботишидан аввал Парвардигорингизга ҳамду сано айтиш билан (У зотни покланг — намоз ўқинг! Кеча(нинг аввалги ва охирги) вақтларида ҳамда кундуз(нинг аввалги ва охирги тарафларида ҳам тасбеҳ айтинг — намоз ўқинг, шояд хурсанд бўлурсиз.
Ey Muhammad, shunday ekan, kofir va mushriklarning noxush gap-soʻzlariga, soʻkishlariga, igʻvo-boʻhtonlariga sabr qil. Ha,
«Bas, ular aytayotgan narsalarga sabr qil».
Kofirlar doimo moʻminlarni xafa qiladigan, ularga ozor beradigan narsalarni aytishga odatlanganlar. Ular aytayotgan narsalarga siqilish yoki xafa boʻlishning hojati yoʻq.
«Robbingga quyosh chiqishidan oldin va botishidan oldin tasbih va hamd ayt.»
Robbingga doimo tasbihu hamd ayt. Quyosh chiqishidan oldin ham, quyosh botishidan oldin ham Robbingga tasbih va hamd ayt.
Ulamolarimiz «Robbingga quyosh chiqishidan oldin tasbih ayt»dan murod «Bamdod namozini ado et», «Robbingga quyosh botishidan oldin tasbih ayt»dan murod «Asr namozini ado et», deganidir, deganlar.
«Shuningdek, kechaning bir qismida va kunduzning atrofida ham tasbih ayt.»
Kechaning bir qismida ham Robbingga tasbih ayt, yaʼni, «Shom va Xufton namozlarini ado et». Kunduzning atrofida ham tasbih ayt, yaʼni, «Peshin namozini ado et».
«Shoyadki, rozi boʻlsang.»
Albatta, rozi boʻlasan. Robbing ham sendan rozi boʻladi.