QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ta-Ha surasi · Oyatсураси · Оят18

قَالَ هِىَ عَصَاىَ أَتَوَكَّؤُا۟ عَلَيْهَا وَأَهُشُّ بِهَا عَلَىٰ غَنَمِى وَلِىَ فِيهَا مَـَٔارِبُ أُخْرَىٰ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U: «Bu asoimdir, unga suyanaman, u bilan qo`ylarimga (barg) qoqib beraman va unda mening boshqa ishlarim bor», dedi.У: «Бу асоимдир, унга суянаман, у билан қўйларимга (барг) қоқиб бераман ва унда менинг бошқа ишларим бор», деди.Alauddin Mansour: (Muso) dedi: «U asoim, unga tayanurman va u bilan qoʻylarimga (barg) qoqib berurman. Yana unda boshqa ishlarim ham bor».(Мусо) деди: «У асоим, унга таянурман ва у билан қўйларимга (барг) қоқиб берурман. Яна унда бошқа ишларим ҳам бор».

313-sahifa · 16-juz · 32-hizb313-саҳифа · 16-жуз · 32-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قَالَu dediу дедиهِىَbuбуعَصَاىَasoimdirасоимдирأَتَوَكَّؤُا۟suyanamanсуянаманعَلَيْهَاungaунгаوَأَهُشُّva (barg) qoqib beramanва (барг) қоқиб бераманبِهَاu bilanу биланعَلَىٰuchunучунغَنَمِىqoʻylarimgaқўйларимгаوَلِىَva menga borва менга борفِيهَاundaундаمَـَٔارِبُishlarишларأُخْرَىٰboshqaбошқа
TafsirТафсир

Kechasi olovdan choʻgʻ olish yoki birortasidan yoʻl soʻrash maqsadida kelgan Muso alayhissalom toʻsatdan ilohiy nidoni tinglab, gʻalati holga tushib qolgan edilar. Qoʻllaridagi narsa nima ekani soʻralganidan keyin oʻsha mahbub ilohiy nido tugab qolishini his etdilar va gapni choʻzib, Alloh taolo bilan iloji boricha koʻproq gaplashishga harakat qila boshladilar. Shuning uchun ham, qoʻlingdagi nima, degan savolga «asoim» deb qoʻyavermasdan,

«unga suyanaman, u bilan qoʻylarimga (barg) qoqib beraman va unda mening boshqa ishlarim bor», deb choʻzib javob qildilar.