وَمَا تِلْكَ بِيَمِينِكَ يَـٰمُوسَىٰ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey Muso, qo`lingdagi nima?»Эй Мусо, қўлингдаги нима?»Alauddin Mansour: Ana u — qoʻlingdagi nimadir, ey Muso?!»Ана у — қўлингдаги нимадир, эй Мусо?!»
Kechasi olovdan choʻgʻ olish yoki birortasidan yoʻl soʻrash maqsadida kelgan Muso alayhissalom toʻsatdan ilohiy nidoni tinglab, gʻalati holga tushib qolgan edilar. Qoʻllaridagi narsa nima ekani soʻralganidan keyin oʻsha mahbub ilohiy nido tugab qolishini his etdilar va gapni choʻzib, Alloh taolo bilan iloji boricha koʻproq gaplashishga harakat qila boshladilar. Shuning uchun ham, qoʻlingdagi nima, degan savolga «asoim» deb qoʻyavermasdan,
«unga suyanaman, u bilan qoʻylarimga (barg) qoqib beraman va unda mening boshqa ishlarim bor», deb choʻzib javob qildilar.