فَلَا يَصُدَّنَّكَ عَنْهَا مَن لَّا يُؤْمِنُ بِهَا وَٱتَّبَعَ هَوَىٰهُ فَتَرْدَىٰ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Unga iymon keltirmaydiganlar va havoyi nafsiga ergashganlar seni hargiz undan to`smasinlar. U holda halok bo`lasan.Унга иймон келтирмайдиганлар ва ҳавойи нафсига эргашганлар сени ҳаргиз ундан тўсмасинлар. У ҳолда ҳалок бўласан.Alauddin Mansour: Bas, seni (Qiyomatga) ishonmaydigan va havoi nafsiga ergashgan kimsalar undan toʻsmasinlarki, u holda halok boʻlursan.Бас, сени (Қиёматга) ишонмайдиган ва ҳавои нафсига эргашган кимсалар ундан тўсмасинларки, у ҳолда ҳалок бўлурсан.
Havoyi nafsga ergashish qiyomatga kufrni keltirib chiqaradi. Havoyi nafsiga ergashib, qiyomatga iymon keltirmay yurganlar oʻzlaridan boshqalarni ham unga ishonishdan, iymon keltirishdan toʻsishga harakat qiladilar. Shuningdek, ular sening ham iymoningni toʻsishga urinishlari mumkin. Ammo, sen zinhor ularning gapiga quloq solma. Agar quloq solsang, halok boʻlasan.
Alloh taolo Muso alayhissalomga tavhid ilmidan saboq berib boʻlgach, endi boshqa gapga oʻtdi: