QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ta-Ha surasi · Oyatсураси · Оят15

إِنَّ ٱلسَّاعَةَ ءَاتِيَةٌ أَكَادُ أُخْفِيهَا لِتُجْزَىٰ كُلُّ نَفْسٍۭ بِمَا تَسْعَىٰ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, soat (qiyomat) kelguvchidir. Har bir jon sa'yi-harakatiga yarasha jazo olishi uchun uni maxfiy tuturman.Албатта, соат (қиёмат) келгувчидир. Ҳар бир жон саъйи-ҳаракатига яраша жазо олиши учун уни махфий тутурман.Alauddin Mansour: Toki har bir jon qiladigan saʼy-harakati sababli jazolanishi uchun (Qiyomat) soati albatta kelguvchidir. (Lekin) Men (Qiyomat qachon qoyim boʻlishini) yashirishni istayman.Токи ҳар бир жон қиладиган саъй-ҳаракати сабабли жазоланиши учун (Қиёмат) соати албатта келгувчидир. (Лекин) Мен (Қиёмат қачон қойим бўлишини) яширишни истайман.

313-sahifa · 16-juz · 32-hizb313-саҳифа · 16-жуз · 32-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنَّalbattaалбаттаٱلسَّاعَةَ(qiyomat) soati(қиёмат) соатиءَاتِيَةٌkelguvchidirкелгувчидирأَكَادُoz qoldimоз қолдимأُخْفِيهَاuni maxfiy tuturmanуни махфий тутурманلِتُجْزَىٰjazo olishi uchunжазо олиши учунكُلُّhar birҳар бирنَفْسٍۭjonжонبِمَاnarsaga yarashaнарсага ярашаتَسْعَىٰsaʼy-harakat qilganсаъй-ҳаракат қилган
TafsirТафсир

Qiyomat albatta qoim boʻladi. Bunga hech qanday shak-shubha boʻlishi mumkin emas. Lekin uning qachon boʻlishini maxfiy tutaman. Hech kim bilmaydi. Bundan maqsad har bir odamga qilgan ishiga yarasha mukofot yoki jazo berishdir. Agar qiyomat qachon boʻlishi maxfiy tutilmasa, oshkor etilsa, odamlar saʼy-harakat qilmay qoʻyadilar. Insonlarning tabiati shuni taqozo etadi. Ular uchun doimo bir maxfiy, noaniq narsa boʻlib turishi kerak. Oʻsha maxfiy narsaga qiziqadilar, uni bilishga urinadilar, uning uchun harakat qiladilar. Shuningdek, qiyomat qachon qoim boʻlishi maxfiy boʻlgani uchun, sogʻlom tabiatli, toʻgʻri yoʻldagi kishilar doimo ehtiyot boʻlib, unga tayyor turadilar. Tabiati buzuq, notoʻgʻri yoʻldagilar esa, unga ishonmaydilar, tayyorgarlik ham koʻrmaydilar.