وَٱضْمُمْ يَدَكَ إِلَىٰ جَنَاحِكَ تَخْرُجْ بَيْضَآءَ مِنْ غَيْرِ سُوٓءٍ ءَايَةً أُخْرَىٰ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Qo`lingni qo`ltig`ingga tiq, yomonliksiz oppoq bo`lib chiqadir. Bu boshqa bir mo`'jizadir.Қўлингни қўлтиғингга тиқ, ёмонликсиз оппоқ бўлиб чиқадир. Бу бошқа бир мўъжизадир.Alauddin Mansour: Qoʻlingni qanoting — qoʻltigʻingga tiqqin, u hech qanday ziyon-zahmatsiz oppoq-nurli boʻlib chiqur. (Bu) ikkinchi moʻʼjiza (boʻlur).Қўлингни қанотинг — қўлтиғингга тиққин, у ҳеч қандай зиён-заҳматсиз оппоқ-нурли бўлиб чиқур. (Бу) иккинчи мўъжиза (бўлур).
Yaʼni, aso hodisasidan keyin Alloh taolo Muso alayhissalomga qoʻlini qoʻltigʻiga tiqishni buyurdi. Asoda qanday moʻʼjiza sodir boʻlishini aytmagan edi, lekin qoʻlini qoʻltiqqa tiqqanda nima boʻlishini oldindan aytib qoʻydi:
«...yomonliksiz oppoq boʻlib chiqadir», dedi.
Qoʻl oppoq boʻldi, ammo bu oqlikda yomonlik yoʻqdir. Yaxshilik bor. Juda chiroyli boʻlib koʻrinadi. Bunday boʻlishi sening Paygʻambar ekanligingni tasdiqlovchi asodan keyingi yana bir moʻʼjizadir.