قَالَ رَبِّ ٱشْرَحْ لِى صَدْرِى
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U: «Ey Robbim, mening qalbimni keng qil.У: «Эй Роббим, менинг қалбимни кенг қил.Alauddin Mansour: (Muso) dedi: «Parvardigorim, qalbimni keng qilgin;(Мусо) деди: «Парвардигорим, қалбимни кенг қилгин;
Alloh tomonidan oʻziga oʻta masʼuliyatli vazifa yuklatilganini chuqur his etgan Muso alayhissalom bu amri ilohiyni qabul etdilar. Firʼavnning oldiga borishlaridan oldin har narsaga qodir Alloh taolodan oʻzlarining mashaqqatli ishlarida zarur boʻladigan yordamlarni bir yoʻla soʻrab oldilar. Muso alayhissalom Alloh taolodan eng avval: «Ey Robbim, mening qalbimni keng qil», deb soʻradilar. Chunki, Allohning diniga odamlarni daʼvat qilishda qalbning keng boʻlishi juda muhimdir. Qalbi tor odam daʼvat ishini eplay olmaydi. Qalbi keng odam esa, hatto, daʼvat yoʻlidagi mashaqqatlardan rohatlanadi. Keyin Muso alayhissalom Allohdan yengillik soʻradilar: «Mening ishimni oson qil». Alloh ishini oson qilmagan inson hech narsaga erisha olmaydi. Insonning oʻziga qoʻyib berilsa, nima ham qila olar edi u. Faqat Alloh taolo yordam berib, ishini oson etgan odamgina biror narsa qila olishi mumkin. Muso alayhissalomning Allohga uchinchi tilagi: «Tilimdagi tugunni yechgin», deyishlik boʻldi. Tilning burro boʻlishi ham daʼvatchilar uchun juda kerak. Muso alayhissalomning tillarida bir oz duduqlik bor edi. Allohdan oʻsha duduqlik tugunini yechishni soʻradilar. Tilakning ortidan «Soʻzimni anglasinlar», deb oʻshanda odamlar u kishining soʻzini yaxshiroq tushunishlarini ham qoʻshib qoʻydilar. Muso alayhissalom Alloh taolodan soʻragan toʻrtinchi tilak: «Menga oʻz ahlimdan bir vazir qilib ber». Yaʼni, menga mashaqqatli ishlarda yordam beradigan, ogʻirimni yengil qiladigan bir yordamchi ber, dedilar. Oʻsha vazir ahllaridan boʻlishini ham qoʻshib qoʻydilar. Chunki, ahlini tushunish oson, u bilan birga ishlash oson. Keyin Muso alayhissalom vazir qilib kimni xohlayotganlarini ochiq aytdilar: «Ogʻam Horunni». Oʻzlarining katta akalari Horun alayhissalomni Muso alay- hissalom yaxshi bilishlari turgan gap. Aynan Horun alayhissalom Muso alayhissalomga vazir boʻlish salohiyatiga ega edilar. U kishi tili oʻtkir va fasohatli, bosiq-vazmin va sabotli odam edilar. Muso alayhissalom ana shu sifatlarga ega boʻlgan ogʻalarining Paygʻambarlikka sherik boʻlishini soʻradilar. «Uni ishimga sherik ayla», deyishlari shu maʼnoni anglatadi. Muso alayhissalom soʻzlarining nihoyasida bu talablarni qoʻyishdan qanday maqsadlari borligini ham aytdilar: «Senga koʻp tasbih aytishimiz uchun. Va seni koʻp zikr qilishimiz uchun». Shu bilan birga, ularning ehtiyojlarini Alloh taoloning Oʻzi bilib turganini ham aytib qoʻydilar: «Albatta, Sen Oʻzing bizni koʻrib turuvchi eding». Holimizni bilasan. Zaifligimizni koʻryapsan. Kamchiliklarimiz Oʻzingga maʼlum. Muso alayhissalom tilaklarini tugatishlari bilanoq Alloh taolo bu tilaklarni amalga oshirganini bildirdi: