إِذْ تَمْشِىٓ أُخْتُكَ فَتَقُولُ هَلْ أَدُلُّكُمْ عَلَىٰ مَن يَكْفُلُهُۥ ۖ فَرَجَعْنَـٰكَ إِلَىٰٓ أُمِّكَ كَىْ تَقَرَّ عَيْنُهَا وَلَا تَحْزَنَ ۚ وَقَتَلْتَ نَفْسًا فَنَجَّيْنَـٰكَ مِنَ ٱلْغَمِّ وَفَتَنَّـٰكَ فُتُونًا ۚ فَلَبِثْتَ سِنِينَ فِىٓ أَهْلِ مَدْيَنَ ثُمَّ جِئْتَ عَلَىٰ قَدَرٍ يَـٰمُوسَىٰ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: O`shanda opang yurib borib: «Uni kafillikka oladiganlarga dalolat qilaymi?» – degan edi. Bas, Biz seni ko`zi quvonishi va xafa bo`lmasligi uchun onangga qaytardik. Va bir jonni o`ldirding. Bas, Biz seni g`amdan qutqardik va turli sinovlar ila sinadik. So`ngra, Madyan ahli ila yillarcha qolding va taqdirga binoan kelding, ey Muso!Ўшанда опанг юриб бориб: «Уни кафилликка оладиганларга далолат қилайми?» – деган эди. Бас, Биз сени кўзи қувониши ва хафа бўлмаслиги учун онангга қайтардик. Ва бир жонни ўлдирдинг. Бас, Биз сени ғамдан қутқардик ва турли синовлар ила синадик. Сўнгра, Мадян аҳли ила йилларча қолдинг ва тақдирга биноан келдинг, эй Мусо!Alauddin Mansour: Oʻshanda opang (seni daryodan ushlab olgan kishilar ortidan) yurib: «Sizlarni bu (bola)ga kafil boʻlib (emizadigan ayolning) oldiga olib boraymi», deganlarini (eslagin)! Soʻng Biz seni koʻzlari quvonsin, gʻamgin boʻlmasin, deb onangga qaytargan edik. (Yigitlik chogʻingda) bir jonni oʻldirib qoʻyganingda, Biz seni bu gʻamdan ham qutqargan edik. (Keyin) Biz seni koʻp sinovlar bilan sinab koʻrdik. Sen Madyan ahli orasida ham (necha) yillar turding; soʻngra (paygʻambar boʻlishing uchun aniq belgilab qoʻyilgan) taqdir boʻlib (bu yerga) kelding, ey Muso!Ўшанда опанг (сени дарёдан ушлаб олган кишилар ортидан) юриб: «Сизларни бу (бола)га кафил бўлиб (эмизадиган аёлнинг) олдига олиб борайми», деганларини (эслагин)! Сўнг Биз сени кўзлари қувонсин, ғамгин бўлмасин, деб онангга қайтарган эдик. (Йигитлик чоғингда) бир жонни ўлдириб қўйганингда, Биз сени бу ғамдан ҳам қутқарган эдик. (Кейин) Биз сени кўп синовлар билан синаб кўрдик. Сен Мадян аҳли орасида ҳам (неча) йиллар турдинг; сўнгра (пайғамбар бўлишинг учун аниқ белгилаб қўйилган) тақдир бўлиб (бу ерга) келдинг, эй Мусо!
Oʻshanda opang Firʼavn saroyiga borib, Musoni emizishni kafillikka oladigan kimsani sizlarga aytib beraymi, deganini esla. Ana shunday tadbir bilan Biz seni, koʻrib koʻzi quvonishi va firogʻingda gʻam chekmasligi uchun, onangga qaytardik.
Ana oʻshanda onani olib keladilar, Muso uni ema boshlaydi. Firʼavn va uning oilasi emizuvchi ayol topganlaridan, ona esa, oʻz farzandiga yetishganidan xursand edi.
Oyatning davomida Alloh taolo Muso alayhissalomga yana bir boshqa neʼmatini ham eslatmoqda:
«Va bir jonni oʻldirding».
Muso alayhissalom Firʼavn saroyida tarbiya topib, oʻsib-ulgʻaydilar, voyaga yetdilar. Bir kuni shaharda ketayotib, mushtlashayotgan ikki kishini koʻrdilar. Ulardan biri misrlik qibtiy edi. Ikkinchisi esa, Bani Isroillik edi. Oʻsha Bani Isroillik kishi Muso alayhissalomni yordamga chaqirdi. Muso alayhissalom unga yordam berish maqsadida qibtiyni bir musht urgan edilar, u oʻlib qoldi. Muso alayhissalom birovni oʻldirmoqchi emas edilar. Qattiq gʻamda qoldilar.
«Bas, Biz seni gʻamdan qutqardik...»
Yaʼni, Alloh taolo Muso alayhissalomning koʻngliga xatosi uchun istigʻfor aytishni solib, gʻamni koʻtardi. Yana bir kuni Muso alay- hissalom shaharda ketayotsalar, haligi Bani Isroillik boshqa bir misrlik bilan mushtlashmoqda edi. U yana Muso alayhissalomdan yordam soʻradi. Muso alayhissalom oldingi hodisani eslab, achchiqlandilar va Bani Isroillikka: «Sen oʻzing yomon odam ekansan», deb misrlikni urish uchun intilib bordilar. Shunda, meni urgani kelayotibdi, deb qoʻrqib ketgan Bani Isroillik: «Oʻtgan kuni odam oʻldirganingdek, bugun meni ham oʻldirmoqchimisan», deb sirni fosh qildi. Shunda Muso alayhissalom Misrdan qochib ketishga majbur boʻldilar.
«...va turli sinovlar ila sinadik.»
Alloh taolo Muso alayhissalomni turli sinovlarga soldi. U zot esa, sinovlarning barchasidan muvaffaqiyatli oʻtdilar.
«Soʻngra, Madyan ahli ila yillarcha qolding...»
Undan keyin Madyan diyoriga borib, Paygʻambar Shuayb alayhissalomning qiziga uylanib, bir necha yillar Madyan ahli ila birga yashab qolding.
Madyanda u zotning oʻn yil qolganlari aytiladi.
«...va taqdirga binoan kelding, ey Muso!»
Yaʼni, Men qilgan taqdirga binoan, endi bu yerga kelding.
Alloh taolo muqaddas Tuvo vodiysidagi suhbat davomida Muso alayhissalomga u zotni tugʻilganidan beri Oʻz hifzu himoyasida saqlab, doimo rahmati ostida tutib kelayotganini birma-bir eslatdi va buning sababini ham bayon etdi: