QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ta-Ha surasi · Oyatсураси · Оят39

أَنِ ٱقْذِفِيهِ فِى ٱلتَّابُوتِ فَٱقْذِفِيهِ فِى ٱلْيَمِّ فَلْيُلْقِهِ ٱلْيَمُّ بِٱلسَّاحِلِ يَأْخُذْهُ عَدُوٌّ لِّى وَعَدُوٌّ لَّهُۥ ۚ وَأَلْقَيْتُ عَلَيْكَ مَحَبَّةً مِّنِّى وَلِتُصْنَعَ عَلَىٰ عَيْنِىٓ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: «Uni tobutga sol, uni esa, daryoga tashla. Daryo uni sohilga otsin. Uni Mening dushmanim va uning dushmani oladi», dedik. Va senga O`zimdan muhabbat soldim. Buni Mening ko`z oldimda yetishtirilishing uchun (qildim).«Уни тобутга сол, уни эса, дарёга ташла. Дарё уни соҳилга отсин. Уни Менинг душманим ва унинг душмани олади», дедик. Ва сенга Ўзимдан муҳаббат солдим. Буни Менинг кўз олдимда етиштирилишинг учун (қилдим).Alauddin Mansour: «Uni (yaʼni, Musoni) sandiqqa solib, daryoga tashlagin. Bas, uni daryo (toʻlqini) sohilga otsin. (Shunda) uni Mening ham, uning ham dushmani — Firʼavn ushlab olur». (Ey Muso, barchaga suyukli boʻlishing) va Mening hifzu himoyamda unib-oʻsishing uchun Men sening ustingga Oʻz tomonimdan bir muhabbat tashladim (yaʼni, seni koʻrgan kishi suyub qoladigan yoqimtoy bola qildim).«Уни (яъни, Мусони) сандиққа солиб, дарёга ташлагин. Бас, уни дарё (тўлқини) соҳилга отсин. (Шунда) уни Менинг ҳам, унинг ҳам душмани — Фиръавн ушлаб олур». (Эй Мусо, барчага суюкли бўлишинг) ва Менинг ҳифзу ҳимоямда униб-ўсишинг учун Мен сенинг устингга Ўз томонимдан бир муҳаббат ташладим (яъни, сени кўрган киши суюб қоладиган ёқимтой бола қилдим).

314-sahifa · 16-juz · 32-hizb314-саҳифа · 16-жуз · 32-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَنِdebдебٱقْذِفِيهِuni solуни солفِىichigaичигаٱلتَّابُوتِtobutgaтобутгаفَٱقْذِفِيهِsoʻng uni tashlaсўнг уни ташлаفِىichigaичигаٱلْيَمِّdaryogaдарёгаفَلْيُلْقِهِbas, uni otsinбас, уни отсинٱلْيَمُّdaryoдарёبِٱلسَّاحِلِsohilgaсоҳилгаيَأْخُذْهُuni oladirуни оладирعَدُوٌّۭdushmanдушманلِّىMeningМенингوَعَدُوٌّۭva dushmanва душманلَّهُۥ ۚuningунингوَأَلْقَيْتُva soldimва солдимعَلَيْكَsengaсенгаمَحَبَّةًۭmuhabbatмуҳаббатمِّنِّىOʻzimdanЎзимданوَلِتُصْنَعَva yetishtirilishing uchunва етиштирилишинг учунعَلَىٰoldidaолдидаعَيْنِىٓMening koʻzimМенинг кўзим
TafsirТафсир

Yaʼni, ey Muso! Onangga bergan ilhomda bunday degan edim:

«Uni tobutga sol...»

Yaʼni, yangi tugʻilgan chaqaloqni–Musoni yogʻoch sandiqqa sol.

«...uni esa, daryoga tashla.»

Yaʼni, Muso solingan sandiqni dengizga tashla.

«Daryo uni sohilga otsin.»

Dengiz ichiga goʻdak Muso solingan sandiqni sohilga chiqarsin.

«Uni Mening dushmanim va uning dushmani oladi.»

Yaʼni, sandiqdagi Musoni Allohga va Muso alayhissalomga dushman boʻlgan Firʼavn oladi.

«Va senga Oʻzimdan muhabbat soldim.»

Yaʼni, ey Muso, odamlar qalbiga sening muhabbatingni solib qoʻydim. Hatto Firʼavndek shafqatsiz zolim ham seni yaxshi koʻrdi. Seni topib olib, boqishga qaror qildi.

Men bu ishlarning hammasini:

«...mening koʻz oldimda yetishtirilishing uchun (qildim)».

Yaʼni, Allohning hifzu himoyati va rioyati ostida tarbiyalanishi uchun Muso alayhissalomga mazkur sharoitlar yaratildi. Oqibatda murgʻak Muso Firʼavn oilasiga kelib tushdi.

Firʼavn hukmiga binoan, Bani Isroilda tugʻilgan har bir oʻgʻil bola oʻldirilayotgan edi. Bundan qoʻrqqan Musoning onasi Alloh bergan ilhom bilan uni sandiqqa solib, suvga oqizib yuboradi. Soʻngra, jigargoʻshasining firoqiga chiday olmay, qiynala boshlaydi. Lekin Musoning Oʻz koʻzi ostida voyaga yetishi uchun dushman Firʼavnning uyiga uni joylashtirgan, qalbiga uning muhabbatini solgan Zot onaning farzand firoqida qiynalishiga ham barham berdi. Murgʻak Muso ayollarning bittasini ham emmay qoʻydi. Firʼavn va uning xotini Muso emadigan ayol axtara boshlashdi. Buning xabari Musoning oilasiga ham yetib bordi. Oʻshanda ona Musoning opasini Firʼavn saroyiga yuboradi va «Shu bolani emizadigan ayol bor», deb aytishni buyuradi.

Alloh taolo ana oʻsha holatni Muso alayhissalomga eslatib, bunday deydi: