QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Anbiya surasi · Oyatсураси · Оят19

وَلَهُۥ مَن فِى ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۚ وَمَنْ عِندَهُۥ لَا يَسْتَكْبِرُونَ عَنْ عِبَادَتِهِۦ وَلَا يَسْتَحْسِرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Osmonlaru yerdagi barcha jonzotlar Unikidir. Uning huzuridagilar ibodatidan takabburlik qilmaslar va malol olmaslar.Осмонлару ердаги барча жонзотлар Уникидир. Унинг ҳузуридагилар ибодатидан такаббурлик қилмаслар ва малол олмаслар.Alauddin Mansour: Osmonlar va Yerdagi bor jonzot Unikidir. Uning huzuridagi zotlar (yaʼni, farishtalar) Unga ibodat qilishdan orlanib-zorlanmaydilar.Осмонлар ва Ердаги бор жонзот Уникидир. Унинг ҳузуридаги зотлар (яъни, фаришталар) Унга ибодат қилишдан орланиб-зорланмайдилар.

323-sahifa · 17-juz · 33-hizb323-саҳифа · 17-жуз · 33-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَهُۥva Unikidirва Уникидирمَنkimкимفِى-da-даٱلسَّمَـٰوَٰتِosmonlarосмонларوَٱلْأَرْضِ ۚva yerва ерوَمَنْva kimlarва кимларعِندَهُۥUning huzuridagiУнинг ҳузуридагиلَاemasэмасيَسْتَكْبِرُونَtakabburlik qilurlarтакаббурлик қилурларعَنْ-dan-данعِبَادَتِهِۦUnga ibodat qilishУнга ибодат қилишوَلَاva emasва эмасيَسْتَحْسِرُونَmalol olurlarмалол олурлар
TafsirТафсир

Allohning maxluqlari, bandalari juda koʻp. Allohga itoatsiz mushriklar ularning oldida hech kim emas.

«Osmonlaru yerdagi barcha jonzotlar Unikidir.»

Osmonlardagi barcha jonzotlar ham, yerdagi barcha jonzotlar ham Alloh taolonikidir. Ularning hisobini Allohdan boshqa hech kim bilmaydi.

«Uning huzuridagilar ibodatidan takabburlik qilmaslar va malol olmaslar.»

Alloh taoloning huzuridagi farishtalar Unga ibodat etishdan boʻyin tovlab, mushriklarga oʻxshab mutakabbirlik qilmaydilar. Balki ixlos, hushuʼ, huzuʼ bilan ibodat etadilar. Maloikalar Allohning ibodatini malol ham olmaydilar.