بَلْ نَقْذِفُ بِٱلْحَقِّ عَلَى ٱلْبَـٰطِلِ فَيَدْمَغُهُۥ فَإِذَا هُوَ زَاهِقٌ ۚ وَلَكُمُ ٱلْوَيْلُ مِمَّا تَصِفُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yo`q, Biz haqni botil ustiga oturmiz. Bas, uni yakson qilur. Ko`ribsanki, u (botil) zavolga uchrabdi. Sizlarga esa, qilgan vasflaringizdan halokat kelur.Йўқ, Биз ҳақни ботил устига отурмиз. Бас, уни яксон қилур. Кўрибсанки, у (ботил) заволга учрабди. Сизларга эса, қилган васфларингиздан ҳалокат келур.Alauddin Mansour: Yoʻq, (Biz unday aybu nuqsondan pokdirmiz), Biz Haq Qurʼonni botil-jaholatning ustiga oturmiz, bas (haqiqat botilni) ezib-yanchib, banogoh (botil) yoʻq boʻlur. Sizlar uchun esa (mushriklar, Allohni «xotin, bolasi bor», deb noloyiq sifatlar bilan) sifatlaganlaringiz sababli halokat boʻlur.Йўқ, (Биз ундай айбу нуқсондан покдирмиз), Биз Ҳақ Қуръонни ботил-жаҳолатнинг устига отурмиз, бас (ҳақиқат ботилни) эзиб-янчиб, баногоҳ (ботил) йўқ бўлур. Сизлар учун эса (мушриклар, Аллоҳни «хотин, боласи бор», деб нолойиқ сифатлар билан) сифатлаганларингиз сабабли ҳалокат бўлур.
Yoʻq! Mushrik va kofirlarning oʻylayotgan oʻylari ham, soʻzlayotgan soʻzlari ham, qilayotgan ishlari ham notoʻgʻri. Hech qachon ularning botili yuzaga chiqmaydi. «Biz haqni botil ustiga oturmiz.» Ha, haq doimo botil ustiga otiladigan oʻqdir. «Bas, uni yakson qilur.» Yaʼni, haq botilni yakson etadi. Chunki, borliqdagi asl narsa haqdir. Botil esa, oʻtkinchidir. Haq otilgan joyda botil qolmaydi. «Koʻribsanki, u (botil) zavolga uchrabdi.» Alloh otgan narsa zavol boʻlmay, nima zavol boʻlar edi? «Sizlarga esa, qilgan vasflaringizdan halokat kelur.» Sizlarga esa, ey mushriklar, Allohga qilgan notoʻgʻri va nohaq vasflaringiz, jumladan, bolasi bor, xotini bor, deganga oʻxshash gaplaringiz sababli halokat keladi. Mushriklarning itoatsizligi, Paygʻambarlarni va Qurʼonni tan olmasligi, ularga sehr, sheʼr, algʻov-dalgʻov tush, uydirish kabi nisbatlar berishlari bilan Allohga zarar yetmaydi. U zotning biror yeri kamayib qolmaydi. Unga toat qiluvchilar yetarlidir.