لَوْ أَرَدْنَآ أَن نَّتَّخِذَ لَهْوًا لَّٱتَّخَذْنَـٰهُ مِن لَّدُنَّآ إِن كُنَّا فَـٰعِلِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar Biz ko`ngilxushi tutishni iroda qilsak, uni qiluvchi bo`lganimizda ham, O`z tomonimizdan tutar edik.Агар Биз кўнгилхуши тутишни ирода қилсак, уни қилувчи бўлганимизда ҳам, Ўз томонимиздан тутар эдик.Alauddin Mansour: Agar Biz vaqtichogʻlik qilishni (yaʼni, xotin, bola-chaqa orttirishni) istasak, agar (shunday) qilguvchi boʻlgan chogʻimizda ham uni (yaʼni, xotin, bola-chaqani) Oʻz dargohimizdan (yaʼni, maloikalardan yoki jannat hurlaridan) qilgan boʻlur edik.Агар Биз вақтичоғлик қилишни (яъни, хотин, бола-чақа орттиришни) истасак, агар (шундай) қилгувчи бўлган чоғимизда ҳам уни (яъни, хотин, бола-чақани) Ўз даргоҳимиздан (яъни, малоикалардан ёки жаннат ҳурларидан) қилган бўлур эдик.
Bu, faraz uchun aytilgan gap. Yaʼni, boʻlishi mumkin emas, mabodo, boʻlgan taqdirda ham, bunday boʻlardi, qabilidagi gap. Alloh taolo koʻngilxushi qiladigan zot emas, ammo, mabodo, shunday qilsa ham, U oʻsha koʻngilxushini Oʻz tomonidan, Oʻziga bogʻliq narsadan tutar edi. Bandalarga bogʻlamas edi. Faqat, odamlar bilib qoʻysinlarki, Alloh osmonlaru yerni va ularning orasidagi narsalarni oʻynab, koʻngilxushi uchun yaratgani yoʻq. Ularni hikmat ila, ulkan maqsad uchun yaratgan.