لَوْ كَانَ فِيهِمَآ ءَالِهَةٌ إِلَّا ٱللَّهُ لَفَسَدَتَا ۚ فَسُبْحَـٰنَ ٱللَّهِ رَبِّ ٱلْعَرْشِ عَمَّا يَصِفُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar u(osmonlaru yer)larda Allohdan o`zga xudolar bo`lganida, buzilib ketar edilar. Arshning Robbi Alloh ular vasf qilgan narsadan pokdir.Агар у(осмонлару ер)ларда Аллоҳдан ўзга худолар бўлганида, бузилиб кетар эдилар. Аршнинг Робби Аллоҳ улар васф қилган нарсадан покдир.Alauddin Mansour: Agar (osmonu zaminda) Allohdan oʻzga xudolar bulganida, har ikkisi buzilib ketar edi. Bas, Arsh Egasi boʻlmish Alloh ular sifatlayotgan (sheriklardan) pokdir.Агар (осмону заминда) Аллоҳдан ўзга худолар булганида, ҳар иккиси бузилиб кетар эди. Бас, Арш Эгаси бўлмиш Аллоҳ улар сифатлаётган (шериклардан) покдир.
Borliqni bir zot yaratgan, bir zot idora qilib, boshqarib turadi. Borliq shunga boʻysunadi. Shu bois ham, narsalar hadsiz- hisobsiz boʻlishiga qaramay, borliqda qoyil qolarlik darajada nizom, jipslik va mutanosiblik hukm suradi. Agar borliqni yaratgan, uni idora qilib turgan zot bittadan koʻp boʻlsa, oʻsha zotlarning irodasi bir-biri bilan albatta toʻqnashar edi. Oqibatda borliqda nomutanosiblik kelib chiqar, jipslik yoʻqolar va nizom buzilar edi. Modomiki, borliq bir nizomda turibdimi, jips holidami, mutanosibmi, demak, uni yaratgan va tadbirini qilib turgan zot bitta. Mushriklarning Allohga shirk keltirishlari notoʻgʻri.
«Arshning Robbi Alloh ular vasf qilgan narsadan pokdir.»
Alloh mushriklar tasvirlayotgan sheriklardan pokdir. Uning hech qanday sherigi yoʻqdir. Arshning, mulkning Robbi ham yagona oʻsha Zotdir.